Nonlar

Achqimtir ta’mli italiyancha non – Rustic bread

Bu non Italiyaning Sitsiliya orolidan kelib chiqqan. Non o’ziga hos achqimtir ta’mi bilan tanilgan. Nonning usti qarsildoq, ichi yumshoq bo’ladi. Uzoq vaqt oshiriladigan xamir, ishlaydiganlar uchun juda qulay: bir kun oldin olingan xamir, ertasi kuni ishdan keyin pishirishga tayyor bo‘ladi. Bu non qozonda pishiriladi.

Kerakli mahsulotlar (1 ta o‘rta hajmdagi non uchun):

  • 500 gr un
  • 350 ml suv
  • 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 7 gr xamirturush (droja)
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq shakar

Xamir olish

Idishda iliq suv, xamirturush va shakarni aralashtiring va 5 minut tindiring.

Un va tuzni aralashtiring.

Endi suvli aralashmani unga qo‘shib qoshiq bilan xamir qoring.

Qoshiq bilan ishlash qiyin bo‘lib qolganda, qo‘l bilan xamirni tekislab oling. Bu xamirga umuman ishlov berish shart emas. Endi xamirga yog‘ni surkab ustini o‘rang. Keyin 24 soat xamirni oshiring.

Nonni pishirish

Ertasi kuni xamirni un sepilgan stolning ustiga qo‘ying va shakl bering.

Qozonni yaxshilab duxovkada qizdiring. Qozonning tubiga un seping.

Endi nonni qozonga soling va nonning ustiga ham ozgina un seping. Qozoning qopqog‘ini yoki folga qog‘ozi bilan yoping.

Endi buni 220°C qizib turgan duxovkada 30 minut ustini o‘rab, so‘ng 15 minut ustini ochib pishiring. Non pishganda unning tubiga barmoqlarning tashqi yuzasi bilan urib ko‘ring, bo‘shliq ovozi keladi.

Nonni pishgach, uni biroz soviting. So‘ngra dasturxonga pishloq, zaytun yog‘i yoki ta’bga qarab boshqa ovqatlar bilan torting.

E’tibor qiling:

Oshib chiqqan xamirga ortiqcha ishlov berib yubormang. Bo‘lmasa xamirning orasidagi havo chiqib ketadi va non zich bo‘lib qoladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda uzoq oshirilgan xamirdan tayyolangan nonlarning boshqa turlarini retseptlari ham bor. Masalan, fransuzcha baget.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Share
Taglar: Italiyanon

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish