Juvajon Taom Retseptlari

Jahon taomlari blogiga xush kelibsiz!

Har bir xalqning taomlariga yaqindan nazar solsangiz, taomlar tarkibi va pishirish usullari o‘sha xalqning tarixi va madaniyatini o‘zida aks ettiradi. Demak, siz jahon taomlarini tayyorlash orqali o‘sha xalqlarning taom dunyosiga sayr qilishingiz va madaniyatini his qilishingiz mumkin, uydan chiqmagan holda!

Nega endi Juvajon? Juva deyarli barcha xalq oshxonasida ishlatiladigan uskuna. U do‘stlik va hamjihatlikni ifodalaydi – uni bir qo‘lda ishlata olmaysiz, chap va o‘ng qo‘l mutanosiblikda harakatlanishi kerak.

Juvajon.com ning maqsadi jahon taomlari va o‘zbek shinavandalari ta’bi orasida ko‘prik bo‘lish. Agar bu blog orqali bir dona bo‘lsa ham yangi taom tayyorlasangiz juda xursandman!

Hurmat bilan, Sayyora!

P.S. Blogdan tijoriy maqsad ko‘zlanilmagan, shunchaki qiziqish uchun yuritaman.