You are currently viewing Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi juda ajoyib. Bu tort nimaga Afg‘oncha napoleon deb atalishini bilmayman, lekin quyidagi retsept har doim o‘xshab chiqishin bilaman. Marhamat retsept bilan tanishing.

Kerakli mahsulotlar (25 smli tort uchun):

Xamiri uchun:

  • 5 dona tuxum 
  • 300 gr un
  • 120 gr smetana
  • 110 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 140 gr shakar
  • 100 gr yong‘oq 
  • 1 choy qoshiq vanillin

Kremi uchun:

  • 250 gr sariyog‘
  • 250 gr karamel
  • 100 gr quyultirilgan sut (сгущенное молоко)

Avval tuxumlarni oqi va sarig‘ini ajratib oling. Endi tuxum sarig‘iga smetanani qo‘shing.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Unning ustiga tuz va sariyog‘ni qo‘shing. Sariyog’ni un bilan aralashtirib oling.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Endi uning ustiga smetanali aralashmani qo‘shib yumshoq xamir qoring. Keyin xamirni teng to‘rtga bo‘lib, o‘rab yarim soatga xolodilnikka solib qo‘ying.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Beshta tuxum oqini mikser bilan ko‘pirtiring.

Tuxum oqi oppoq va qattiq bo‘lib ko‘pirgach, shakarni oz-ozdan solib ko‘pirtirishda davom eting. Endi bunga maydalangan yong‘oqni qo‘shing. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Bitta xamirni olib 25 smdan sal kattoroq qilib yoying.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Uni listning ustiga qo‘ying va bezening ¼ qismini soling. Xamirning chetlaridan ozroq joy qoldirib, bezeni xamirning ustiga yoying.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Endi buni 150⁰Cda qizib turgan duxovkada 50 minut davomida pishiring. Men ikkita korjni birdaniga tayyorladim va teng pishirdim.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

To‘rtala korj ham pishganda ularning chetlarini tekislab oling. Men buning uchun tovaning qopqog‘ian foydalandim.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Endi xona haroratidagi sariyog‘ni mikser bilan biroz ko‘pirtiring. Keyin uning ustiga karamel va quyultirilgan sutni qo‘shing. Yana 5-8 minut ko‘pirtirishda davom eting. Krem tayyor.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Endi birinchi korjning ustiga kremdan surkang.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Keyin qolgan hamma korjlarni ustma-ust shu usulda terib chiqing. Eng tepadagi korjni beze tarafini pastga qilib qoying. Shunda krem tekis surkaladi.

Afg‘oncha napoleon torti tayyorlash

Torning ustini ta’bga qarab bezating. Men ‘royal isingdan’ foydalandim. Uning retseptini man bu yerda topish mumkin.

Afg‘oncha napoleon torti

Tortning chetlariga ham kremdan surkang. Endi korjlarning chetidan chiqqan xamirni ushoqlab tortning chetiga seping.

Afg‘oncha napoleon torti tayyor uni 2-3 soat sovuq joyda tindirib dasturxonga torting.

Afg‘oncha napoleon torti

E’tibor qiling:

Tortning korjlarini tekislayotganda har bir korjni alohida tekislang. Bo’lmasa ular sinib ketishi mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda klassik napoleon, medovik, maxroviy va boshqa tortlarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com