Baghrir (o‘qilishi baxrir) – bu sut va tuxumsiz tayyorlanadigan pankeyklardir. Uni tayyorlash juda oson. Bu nonushta oddiy mahsulotlardan tayyor bo‘ladi. Veganlar uchun ham to‘g‘ri keladigan retsept.
Xamir uchun:
Sirop uchun:
Bitta idishda hamma quruq mahsulotlarni aralashtiring.
Endi suvni oz-ozdan quyib suyuq xamir qiling. Agar blender bo‘lsa xamirni unda bir aylantirib oling, u yanada bir xil massa bo‘lib qoladi.
Buni 20-30 minut xona haroratida ustini yopib qoldiring.
Yarim soat o‘tgach, xamirni cho‘mich bilan bir aralashtirb oling.
Endi qizigan tovaga bir cho‘michdan yoki tovaning kattaligiga qarab xamir quying (xuddi blinchik pishirgandek, lekin xamir quyib tovani aylantirmang).
Baghrir tez pishadi. Uning ustida mayda teshiklar paydo bo‘lib, baghrirning ustida nam joy qolmaydi.
Endi pishgan baghrirni sochiqning ustiga qo‘yib turing. Baghrirning faqat bir tomoni pishiriladi.
Xamirning hammasini shunday pishirib oling.
Baghrir odatda eritilgan sariyog‘ va asal bilan dasturxonga tortiladi.
Buning uchun tovada teng miqdorda sariyog‘, asal va apelsin suvini eritib oling. Keyin xohlasangiz baghrirni qizarmagan tomoni pastga qilib tovaga soling. Baghrir siropni tortib oladi. Bu usulda baghrir yumshoq bo‘lib qolganligi sababli, uni tovadan chiqarish sal qiyinroq bo‘ladi.
Yana bir oson yo‘li eritilgan sariyog‘ va asalni bitta idishchaga solish va uni baghrirning ustiga quyish.
Endi baghrirni dasturxonga torting. Ularni yana shokoladli maslo, qo‘yiltirilgan sut , murabbo va boshqa siroplar bilan ham birgalikda yesa bo‘ladi. Nonushta uchun ayni muddao.
Baghrirni issiqligida ustma-ust qo‘ymang, bo‘lmasa ular bir-biriga yopishib qoladi.
Agar tova tagiga olishi mumkin bo‘lsa, unda tovaga ozgina yog‘ surkab oling.
Apelsin guli suvi bu apelsin sharbati emas, balki aynan apelsin daraxtining gulidan olingan sharbat. Bunday sharbat Arab oshxonasida ko‘p ishlatiladi. Agar topish qiyin bo‘lsa, qo‘shish shart emas.
Yoqimli ishtaha!!!
Nonushta uchun boshqa taomlarni mana bu yerda topasiz. Masalan, keyingi safar klassik Pankeyk ham tayyorlab ko‘ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish