Bananli keks g‘arbda ‘banana bread’, ya’ni ‘bananli non’ nomi bilan tanilgan. Lekin bu pishiriq nondan ko‘ra ko‘proq keksga yaqinroq. Bananli keks AQSHda 1930 yillarda keng tarqala boshlagan va hozirda u g‘arbda juda keng tarqalgan. Hatto 23-fevral AQShda milliy ‘banana bread’ kuni hisoblanadi. Hozirda uning juda ko‘p variantlari bor. Keks nonushta uchun ham to‘g‘ri keladi. Oson va mazali retsept. Bolalar bilan tayyorlashga juda qulay.
Kerakli mahsulotlar (20smli keks uchun):
Xona haroratidagi margarin va shakarni mikser bilan aralashtirib oling. Keyin xona haroratidagi tuxumlarni bitta-bita solib aralashtirishda davom etamiz.
Endi bananlarni alohida idishda vilka bilan ezib olamiz. Bananli keks uchun bananlar qancha yetilgan bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Endi ezilgan bananlarni va qatiqni tuxumli aralashmaga qo‘shamiz.
Ularning ustiga elangan un va razrixlitelni ham qo‘shamiz.
Biz bananli keks uchun xamirni ko‘roq miqdorda xamir tayyorladik. Keyin uni ikkiga bo‘lib oldik. Bir qismiga mayiz va yong‘oq soldik. Ikkinchi qismiga esa mayda shokolad soldik. Shokolad qo‘shilgan qismini kapkeyk shaklida pishirdik. Mayizli qismini esa katta keks qolipga quydik. Asl bananli keks shu shaklda bo‘ladi.
Bananli keksni 170⁰Cda 45 minut atrofida pishiring. Banali keks tayyorligini gugurt cho‘pi bilan tekshirish mumkin.
Tayyor bananli keksni biroz sovitib qolipdan chiqarib oling. Keyin uni to‘la sovitib dasturxonga toring.
E’tibor qiling:
Bananli keksning xamirida namlik yuqori bo‘ladi. Shuning uchun uni past olovda, uzoqroq vaqt pishirish kerak.
Bananli keks xona haroratida 3-4 kun, xolodilnikda esa 7 kungacha saqlanadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda banandan tayyorlanadigan boshqa mazali taomlarning retseptlarini ham topasiz. Masalan, bananli puding yoki banoffe pirogi. Yana bo‘limda boshqa kekslarning retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish