Asosiy taomlar

Baqlajonli kabob – yozgi taom

Baqlajonli kabob Turk oshxonasining yana bir vakili bo‘lib, yoz oylari uchun juda mosdir. Mazali va sog‘lom retsept.

Kerakli mahsulotlar (6-7 portsiya uchun):

  • 700 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 2-3 dona baqlajon
  • 1 ta bulg‘or qalampiri
  • 1-2 ta piyoz
  • 2 dona pomidor
  • 2-3 dona chesnok tishi
  • 1 osh qoshiq tomat

Ziravorlar: zira, kashnich urug‘i, murch, paprika va tuz.

Idishda go‘shtni, qirg‘ichdan o‘tkazilgan piyozni va ziravorlarni yaxshilab qo‘l bilan aralashtiring.

Baqlajonlarni 1.5 sm balandlikda gorizontal yo‘nalishda kesib oling va ozgina tuz seping.

Endi qiymadan baqlajonning hajmiga moslab, mayda 1.5 sm balandlikda dumaloq kabobchalar qilib chiqing.

Bitta idishni yog‘lab, uning ichiga bitta baqlajon, bitta go‘sht qilib terib oling.

Idishda 1 osh qoshiq tomat, ozgina tuz va murchni 500ml issiq suv bilan aralashtirib oling. Endi bu suvni baqlajonli idishga quyib oling.

Bularning ustiga kesilgan bulg‘or qalampiri va pomidorlarni terib chiqing. Kerak bo‘lsa ozgina tuz va murch seping. Kabobni 200C°da qizib turgan duxovkada 40 minut pishirib oling.

Ovqat pishgach uning ustiga ukrop yoki kashnich seping. Endi uni dasturxonga garnir bilan birga torting. Men Turkcha bulgur pilaf bilan berdim.

E’tibor qiling:

Ovqatni duxovkadan chiqarayotganda qo‘lingizga ehtiyot bo‘ling, chunki idishning ichida qaynoq sous bo‘ladi.

Baqlajonli kabob sousi kabobga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Sous olib qo‘yilsa boshqa ovqatlarga ishlatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Bu taom yoqsa, keyingi safar Turkcha Karniyarik ham pishirib ko’ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Share
Taglar: baqlajonGo'sht

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

<strong>Qizil Barxat torti (Red velvet cake)</strong>

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish