Baqlajonli qiyma Italiya taomi hisoblanadi. Lekin hozirda uni ko‘p joylarda uchratish mumkin. Baqlajonli qiyma mazali, sog‘lom, arzon va tayyorlashga oson taom. Sog‘lom ovqatlanishdagilar, vegetarian va veganlar uchun (pishloq qo‘shilmasa) ajoyib retsept.
Baqlajonli qiyma uchun:
Tuz va murch
Buning uchun baqlajonlarni mayda to‘rg‘ab olamiz.
Keyin tovaga yog‘ quyib, unda baqlajonni pishirib olamiz. Men shu miqdorni ikkiga bo‘lib pishirib oldim. Baqlajon qizarish shart emas, lekin yumshashi kerak.
Endi pishgan baqlajonni idishga solib turamiz (biroz sovishi uchun). Keyin vilka bilan biroz ezib olamiz.
Idishda tolqon, tuxum, qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, tuz, murch va ziravorlarni aralashtirib olamiz.
Ularning ustiga baqlajonni qo‘shamiz. Hammasini yaxshilab qo‘l bilan aralashtiramiz. Bu aralashmani 15-20 minut tindiramiz.
Tindirilgan qiymani yong‘oq kattaligida dumaloqlar olamiz. Buning uchun qo‘l ho‘llab olinsa, oson bo‘ladi.
Endi baqlajonli qiymani yog‘ surkalgan listga terib olamiz. Qiymalarning ustiga ham yog‘ surkaymiz. Keyin ularni 210⁰Cda qizib turgan duxovkada 20 minut davomida pishiramiz. Ungacha sous tayyorlab olamiz.
Mayda to‘rg‘algan piyoz va chesnokini bir osh qoshiq zaytun yog‘ida qo‘g‘irib olamiz. Keyin uning ustiga mayda to‘rg‘algan pomidorlarni solamiz (men tayyor to‘rg‘algan pomidordan foydalandim). Ustiga 200 ml qaynagan suv quyamiz. Quritilgan yoki yangi ko‘katlardan solamiz.
Bu sousni qiyma tayyor bo‘lguncha o‘rtacha olovda qaynatamiz.
Pishib chiqqan baqlajonli qiymalarni ehtiyotkorlik bilan listdan chiqaramiz. Endi ularni sousning ichiga solamiz. Hammasini yana 5-10 minut qaynatamiz.
Endi baqlajonli qiyma tayyor. Uni pishgan pasta yoki spagetti bilan dasturxonga tortamiz. Yana guruch bilan ham tortish mumkin.
Baqlajonli qiymani tayyorlab qo‘yib, ertasi kuni dumaloqlab olish ham mumkin. Qiymaga dam berish, unga shakl berishni osonlashtiradi.
Baqlajonli qiymalarni listdan chiqarishda va tovada ehtiyotkorlik bilan aralashtirish kerak. Chunki ular go‘shtli qiymaga nisbatan nozikroq bo‘ladi.
Blogda yana boshqa baqlajonli taomlarning retseptlarini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish