Basbusa Yaqin Sharqda keng tarqalgan shirinlikdir. U Misrdan kelib chiqqan. Basbusaning bir necha xil tayyorlanish usuli bor. Men sizlarga Basbusaning Misrda tayyorlanadigan asl retseptini taqdim qilaman. Bu tuxumsiz tayyorlanadigan keks, shuning uchun veganlar ham iste’mol qilishi mumkin.
Bodomlarning po‘stini archib olamiz. Buning uchun bodomni qaynab turgan suvga solamiz. 2-3 minut qaynatamiz. Keyin suvini to‘kib, sovuq suvda chayib olamiz.
Bodomlarni qog‘oz salfetkaga qo‘yamiz. Po‘stini barmoq bilan ishqasak osongina chiqib ketadi.
Po‘sti archilgan bodomni tovaga solib past olovda quritib olamiz. Qurigach bir chetga olib qo‘yamiz. Ularni sal keyinroq ishlatamiz.
Buning uchun shakar, suv, limonning sharbati va atirgul suvini qozonchaga solamiz. 5 minut davomida qaynatamiz, usti ochiq holatda. Keyin olovni o‘chirib, siropni qozonchada qoldiramiz.
Buning uchun mannaya krupa, un, shakar va razrixlitelni idishda aralashtiramiz.
Keyin ularning ustiga smetana/yogurt va yog‘ni quyamiz. Hammasini aralashtiramiz.
Eng oxirida 2 osh qoshiq sutni qo‘shib aralashtiramiz. Bu xamir quyuq bo‘ladi.
Xamirni yog‘langan qolipga solib, tekislab olamiz.
Uning ustini pichoq bilan romb shaklida kesib olamiz. Xar bitta rombning o‘rtasiga bittadan bodomni terib chiqamiz.
Basbusani 185°Cda qizib turgan duxovkada 35-40 minut, yoki usti och tilla rang bo‘lgunicha pishiramiz.
Basbusa pishgach u issiqligida siropni uning ustiga quyamiz va xona haroratida sovitish uchun qoldiramiz.
Basbusa to‘la soviganda, ustidagi yo‘nalish bo‘yicha kesib dasturxonga tortamiz.
Basbusa zich keksdir, shuning uchun unga ko‘p razrixlitel solmang.
Keks siropni yaxshi singdirishi uchun, sirop xona haroratida, keks esa issiq bo‘lishi shart.
Basbusa usti zich yopiq idishda sovuq joyda bir necha kungacha yaxshi saqlanadi.
Bodomni duxovkada ham quritish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi boshqa mannaya krupadan tayyorlanadigan retseptlarini ham albatta ko’zdan kechiring. Yana blogda boshqa Yaqin Sharq usulida tayyorlangan dessertlarning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish