Biskotti bu Italiyada joylashgan Toskana regionining Prato shahridan kelib chiqqan shirinlik bo‘lib, uning nomi ikki marta pishirilgan ma’nosini bildiradi. Hozirda biskotti butun dunyoga mashhur pishiriqqa aylangan. Bu retsept bo’yicha tayyorlangan biskotti har doim mazali chiqadi.
Avval yumshoq, lekin erib ketmagan, sariyoqqa shakarni aralashtirib olamiz. Bu jarayonni mikser yordamida qilsa ham bo‘ladi. Lekin men qoshiq bilan aralashtiraman.
Ikkala mahsulot yaxshilab aralashgandan so‘ng tuxumlarni bitta-bitta chaqib aralashtirib olamiz.
Keyin vanilin, tuz, razrixlitel va unning yarmini qo‘shamiz va aralashtiramiz.
Endi unning qolgan qismini va tovada qizdirilgan va maydalangan bodomni solib xamirni yana aralashtiramiz.
Xamirni ustini o‘rab yarim soatga xolodilnikka solib qo‘yamiz. Xamir bilan ishlash oson bo‘lib qoladi.
Yarim soatdan so‘ng xamirni olib unga shakl berib olamiz. Buning uchun xamirning yarmini sellofanning ustida qo‘yamiz va shakl beramiz (rasmga qarang). Men sellofanning ustida shakl beraman, lekin unlangan stolning ustida ham shakl bersa bo‘ladi.
Shakl berilgan xamirni fergament qog‘ozi solingan yoki yog‘langan listga qo‘yamiz. Shu miqdordagi xamirdan ikkita 40 sm uzunlikdagi va 5 sm kenglikdagi keks chiqadi. Ikkala keksning orasida albatta joy qoldiring, chunki xamir yonboshiga kengayadi.
Endi buni 180°C da qizib turgan duxovkada 35 minut atrofida pishiring.
Pishgan kekslarning usti och tilla rang bo‘ladi. Kekslarning ustida darz bo‘lishi mumkin. Kekslarni 20-25 minut davomida soviting.
Kekslar sovigach ularni diagonal yo‘nalishda 2 sm qalinlikda kesib oling va listga terib chiqing.
Biskottini yana 180°Cda qizib turgan duxovkada bitta tomonini 7 minutdan, jami 14 minut duxovkada quritib oling.
Quritilgan biskottilarni to‘la sovitishga terib qo‘ying. Biskottilar sovigach ular iste’molga tayyor bo‘ladi. Lekin xohishga qarab ustiga ertilgan shokolad yoki shokoladni glazur tomizish mumkin . Blogda shokoladli glazurning retseptini yoki shokolad eritish usulini topasiz.
Biskottilar tayyor, ularni dasturxonga torting.
Biskottilarga odatda bodom yoki pista qo‘shiladi, lekin unga boshqa yong‘oq turlaridan, mayiz yoki mayda shokoladlar qo‘shsa ham bo‘ladi. Sizga nima yoqsa shuni tanlang.
Men biskotillarni to‘qroq rang bo‘lguncha quritaman, lekin siz ochroq xohlasangiz bir tomonini 5 yoki 6 minutdan quriting.
Agar kekslar sovutilmay kesilsa ular uqalanib ketadi, shuning uchun oldin sovitib keyin kesing.
Biskottilar usti zich yopilgan idishda 7-10 kun davomida yaxshi saqlanadi.
Men bodom essensiyasini qo‘shmayman, chunki uning ta’mi o‘tkir bo‘ladi va biskottining boshqa ta’mlarini sezilmaydigan qilib qo‘yadi.
Blogda yana boshqa mazali quruq pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, shokoladniy brauni va shokoladli pechenye.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish