Burma bo‘g‘irsoq O‘zbekistonda yaxshi tanilgan shirinliklardan biridir. U bolalar va kattalarga birdek yoqadi. Burama bo‘g‘irsoqni hamma oilada har xil tayyorlashadi. Men bugun sizlarni o‘zim tayyorlaydigan usuli bilan tanishtiraman. Marhamat burma bo‘g‘irsoq retsepti bilan tanishing.
Xamir uchun kerakli hamma mahsulotlarni aralashtirib, yumshoq xamir qoring. Keyin uni ikkiga bo‘lib, o‘rab 1 soatga xolodilnikka solib qo‘ying.
Tingan xamirni bittasini oling. Uni yaxshilab un sepib yupqa qilib, dumaloq shaklda yoyib oling.
Xamirni o‘qlovga o‘rab, rasmdagidek qilib taxlab oling (xuddi chuchvara uchun xamir taxlagandek).
Endi xamirdan 3-4 sm kenglikda lentalar kesib chiqing.
Bitta lentani olib ustiga ozgina o‘simlik yog‘i yoki sariyog‘ surkab oling. Uning ustiga ikkinchi lentani qo‘ying, unga ham yog‘ surkang.
Xuddi shunday qilib 4 ta lentani ustma-ust taxlab chiqing. Eng tepadagi lentaning ustiga yog‘ surkamang.
Endi bu taxlangan lentani bir barmoq yoki 1 sm kenglikda kesib oling.
Kesilgan lentachalarni burab chiqing (rasmga qarang). Buning uchun bitta lentani qo‘lga olib, ikkinchi qo‘l bilan burab oling.
Buralgan bo‘g‘irsoqlarni idishga terib yarim soatga xolodilnikka soling.
Ikkinchi xamirni ham xuddi shunday qilib tayyorlab oling.
Xolodilnikda biroz qotigan burama bo‘g‘irsoqlarni qizib turgan yoqqa 3-4 donadan soling. Ularni o‘rtacha olovda, och tilla rang bo‘lguncha, qo‘g‘irib oling. Pishib chiqqan bo‘g‘irsoqlarni qog‘oz sochiqqa qo‘yib turing.
Qozonchaga suv, shakar va limon sharbatini soling. Hammasini o‘rtacha olovda 10-15 minut davomida qaynating (usti ochiq holatda). Keyin olovni o’chrirng, asalni qo‘shing. Siropni yaxshilab aralashtiring.
Tayyor qo‘g‘irilgan burama bo‘g‘irsoqni iliq (issiq ham sovuq ham emas) siropga 3-4 donadan solib botirib oling.
Keyin ularni tarelkaga terib chiqing. Ta’bga qarab ustiga maydalangan yong‘oq, pista yoki mayda qandolat mahsulotlaridan seping.
Burama bo‘g‘irsoq tayyor. Uni dasturxonga choy bilan torting.
E’tibor qiling:
Sirop uchun limon sharbati o‘rniga, ozgina limon kislotasi ham qo‘shish mumkin.
Sirop tayyor bo’lganligini tekshirish uchun, undan sovuq suvga bir tomchi solish kerak. Bunda tomchi birdaniga tarqab ketmasligi kerak. Agar darrovda tarqab ketsa siropni yana biroz qaynating.
Xamirga ko‘p un solib yubormang.
Blogda chak-chak va qrim paxlavasining retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish