Crepe, Fransuzchadan o‘qilishi “kreyp”. Fransuzcha blinchik boshqalaridan farqi shundaki, ularda mayda teshikchalar bo‘lmaydi. Fransiyada faqat crepe qilish uchun mo‘ljallangan kafelarni ‘crêperie’ deb atashadi.
By taom ajoyib nonushta bo‘ladi, yoki dessert sifatida yeyiladi.
Xamir uchun
Ichiga solish uchun
Bitta idishda tuxum, yog‘, shakar va vanilinni aralashtiring.
Ularnng ustiga sutni quying va un, tuz solib yaxshilab aralashtiring. Xamir burda-burda bo‘lib qolmasin.
Endi 100 ml issiq suvni qo‘shing va bir aralashtirgach, xamirni 20-30 minutga tindiring.
Yarim soat o‘tgach qizigan tovaga, xamirdan yarim cho‘mich atrofida yupqa qilib quying. Ikkala tomonini pishirib oling.
Xamirning hammasini pishirib bo‘lgach endi ichiga qo‘shmoqchi bo‘lgan narsalarni tayyorlab oling.
Mevalarni kesing. Shokolad pastasini mikroto‘lqinli pechda yoki issiq suvga idish bilan solib yumshatib oling. Pasta issiqligida suyuladi va u surkashga oson bo‘lib qoladi.
Qaymoqni 2 osh qoshiq shakar kukuni bilan mikser yordamida ko‘pirtirib oling.
Endi bitta blinchikni olib unga shokolad pastasidan surkang va mevalarni quying.
Men ikki xilidan tayyorladim.
Birinchisiga shokolad pastasi, qulupnay va ko‘pirtirilgan qaymoq soldim.
Ikkinchisiga shokolad pastasi va banan soldim, bunisiga qaymoq solinmaydi.
Endi o‘zingiz xohlagancha o‘rang. Odatda qulupnayli crepening bir tomoni ochiq bo‘ladi (rasmga qarang).
Bananli crepening esa hamma tarafi buklab yopiladi.
Crepelar tayyor, ularni dasturxonga torting. Agar nonushta bo‘lsa bu blinchik ikkitasi bitta portsiysa bo‘ladi, dessert bo‘lganda esa bittasi bir portsiya hisoblanadi.
E’tibor qiling:
Crepelarning xamiriga choy sodasi solinmaydi.
Bananli crepelar xolodilnikda bir kungacha turadi, qulupnayliklarni esa darxol yeyilgani yaxshiroq.
Blogda yana klassik Pankeyk va Germaniya Pankeyki retseptlari ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish