Nonlar

Dinner rolls (Bulochka non)

Dinner rolls odatda kechki taomdan oldin sariyog‘ bilan dasturxonga tortiladi. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan non juda mazali va yumshoq chiqadi.  Juda oson retsept.

Kerakl mahsulotlar (12 dona non uchun):

  • 500 gr atrofida un
  • 3 osh qoshiq eritilgan sariyog‘ yoki margarin
  • 1 dona tuxum
  • 7 gr xamirturush
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 300 ml iliq sut

Idishda iliq sut va sariyog‘ni aralashtirib oling. Alohida idishda esa un, shakar, xamirturush va tuzni aralashtirib oling.

Endi suyuq aralashmani quruq mahsulotlarning ustiga quying. Ularga tuxumni ham qo‘shing. Yumshoq xamir qoring.

Xamirga yaxshilab ishlov bering. Keyin ustini o‘rab shabboda yo‘q joyda oshiring.

Oshib chiqqan xamirni 12 taga bo‘lib oling. Ularni dumaloqlab chiqing.

Bu dinner rollarni un sepilgan listga tering. Endi ustini o‘rab, yana 50-60 minut atrofida oshiring.

Dinner rolls oshib chiqqach, uning ustiga tuxum sarig‘i va sutni aralashtirib surkang. Endi ularni 190⁰C da qizib turgan duxovkada 20-25 minut davomida pishiring.

Pishib chiqqan dinner rollning  ustiga eritilgan sariyog‘ surkang. Endi  biroz sovitib, dasturxonga torting. Odatda bu nonlar sariyog‘ bilan birgalikda dasturxonga tortiladi.

E’tibor qiling:

Bu nonning xamiriga ko‘p un solib yubormang. Bo‘lmasa nonlar mayin bo‘lib pishmaydi.

Men xamirni duxovka yoki mikro-to‘lqinli pechning ichida oshirishni yoqtiraman, albatta ular o‘chirilgan holatda.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa mazali nonlarning ham retseptini topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

<strong>Qizil Barxat torti (Red velvet cake)</strong>

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish