Ponchiklarning bu turi odatda inglizchada ‘Ring Doughnuts’, ya’ni ‘Uzukli ponchiklar’ deb ataladi. Ular 1800 yildan oldin Gollandiyalikar bilan birga Nyu Yorkka kelgan va u yerdan butun dunyoga tarqalgan.
Ular hammaga birdek yoqadi, ayniqsa bolajonlarga. Bugun men ularning oson va ishonchli retseptini bo‘lishaman.
Xamir uchun
Glazur uchun
Qo‘g‘irish uchun 1 litr o‘simlik yog‘i.
Bitta laganda iliq sut va shakarni aralashtirib 3-4 minut tindiramiz.
Endi uning ustiga tuxum, vanilin va yog‘ni solamiz.
Keyin elangan un va tuzni solib yumshoq xamir qoramiz. Bu xamir qo‘lga yopishadigan bo‘ladi, shuning uchun stolning ustiga ozgina un sepib, xamirni qo‘yib olamiz va yaxshilab ishlov beramiz. Keyin katta zuvala qilib, xamirning ustiga yog‘ surkab ustini o‘raymiz. 45-60 minut iliq joyda oshiramiz.
Bu xamir oshib chiqqach, ishlashga juda ham yoqimli xamir bo‘ladi. Uni un sepilgan stolning ustiga olib 1 sm balandlikda juva bilan yoyib olamiz.
Endi buni stakanni yog‘lab doirachalar kesib olamiz. O‘rtasini qopqoq bilan teshi olsak bo‘ladi. Agar ponchik kesadigan qolip bo‘lsa uni ishlating.
Kesilgan ponchiklarni ustini o‘rab yana 10 minut tindiramiz.
Endi 1l yog‘ni chuqurroq tovaga solib qizdiramiz va qizigach 5-6 dona ponchiklarni solib ikkala tomoni qizarguncha qo‘g‘iramiz.
Endi pishgan ponchiklarni yog‘ini silkitib tovadan chiqaramiz. Qog‘oz sochiq yoki salfetkaning ustiga qo‘yilsa ortqicha yog‘i tortib olinadi.
Agar ustiga shakar kukuni yoki shakar sepmoqchi bo‘lsangiz, uni ponchiklar issiqligida seping va darhol dasturxonga torting. Men donutsning o’rtasidan chiqqan to’pchalarni mana ham pishirib olaman. Ularni shakar kukuni yoki shokoladli sous bilan darhol dasturxonga tortaman.
Men ikki xil glazur tayyorladim.
Birinchisi – yumshoq sariyoqqa, 50 ml sut, shakar kukuni va vanilinni qoshiq bilan araslhtirib, ponchiklarni glazurga botirish.
Ikkinchisi esa 80 gr oq yoki qora (men oq shokolad ishlatdim) shokoladni issiq 30 ml issiq sut bilan eritib olish va ponchiklarni unga ikki martalab botirib olish. Shokolad yo‘q bo‘lsa, o‘rniga sous ham tayyoralash mumkin. Bu yerda shokoladli sousni qanday tayyorlashni tushuntirganman.
Yana ponchiklar ustiga mayda qandolat maxsulotlaridan sepisa ham bo‘ladi. Ponchiklarni yangiligida dasturxonga torting.
Xamirga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa ponchiklar qattiqroq bo‘lib qoladi.
Bir paytning o‘zida tovaga ko‘p ponchik solib yubormang, bo‘lmasa yog‘ning harorati tushib ketadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda boshqa dessertlar retseptlarini ham albatta ko’ring.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish