Eggs benedict Nyu Yorkliklarning sevimli nonushtasi desa ham bo‘ladi. U 1940 yillar atrofida restoran menyularida paydo bo‘la boshlagan. Eggs benedictning paydo bo‘lishi haqida har xil hikoyalar bor. O‘sha hikoyalarning birida aytilishicha eggs benedict Nyu Yorkning “Wall Street”ida ishlaydigan birja savdogarining talabi bilan tayyorlangan taomdir. Hozirda uni ko‘plab hashamdor restoranlarda buyurish mumkin. Tarixi qanday bo‘lishiga qaramay juda mazali nonushta.
Hollandaise sousi uchun:
Eggs benedict uchun:
Hollandaise sousini tayyorlash
Buning uchun sariyog‘ni qozonchada eritib oling. Ustida paydo bo‘lgan oq ko‘piklarni suzib oling. Keyin olovni o‘chiring.
Boshqa issiqqa chidamli idishga 2 ta tuxum sarig‘ini soling. Keyin uning ustiga sirkani qo‘shing. Ta’bga qarab muz soling. Limonning sharbatini ham qo‘shing. Hammasini aralashtiring.
Endi boshqa kattaroq idishda suv qaynating. Tuxumli aralashma bor idishni qaynagan suvning ustiga qo‘ying (rasmga qarang).
Aralashmani tinmay aralashtiring. Aralashma 3-4 minut atrofida quyuqlashadi. Bu jarayonda suv yengil qaynashi kerak, qattiq emas.
Quyuqlashgach, uni olovdan oling.
Uning ustiga biroz sovigan sariyog‘ eritmasini oz-ozdan quying va tinmay aralashtiring. Sariyog‘ning hammasi qo‘shilib bo‘lgach hollandaise sousi tayyor bo‘ladi.
Eggs benedict tayyorlash
Ingliz maffinlarini toast qilib oling. Maffinlarni tayyorlash retseptini bu linkda bor.
Tuxumni ham po‘choqsiz qaynating. Mana bu linkda tuxumni po‘choqsiz qaynatishni to‘la tushuntirib yozganman.
Endi maffinlarning ustiga sariyog‘ surkang. Keyin go‘shtni qo‘ying. Uning ustidan esa tuxumni qo‘ying.
Eng tepasiga esa hollandaise sousidan quying.
Eggs benedict tayyor. Endi uni darrov dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Hollandaise sousi quyuqlashib ketsa unga oz-ozdan issiq suv quyib suyultirish mumkin.
Hollandaise sousi kartoshka bilan ham mos tushadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa mazali tuxumdan tayyorlangan nonushtalarning retseptini topasiz. Masalan tuxum va avokado yoki silbir.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish