“Fish fingers” ingliz tilidan so‘zma-so‘z tarjimasi “baliqli barmoqchalar” mazmunini anglatadi. Bu bolalarning sevimli taomi 1900 yillardan beri Angliyada tayyorlanib keladi. Hozirda uni juda ko‘p kafe va restoranlar, jumladan McDonald’sdan sotib olish mumkin. Fish fingers uyda tayyorlansa u ancha mazali va zararli moddalardan holi bo‘ladi. Taomni tayyorlashda bolalarning o‘zi ham faol qatnashishi mumkin.
Avval baliq go‘shtini 1.5-2 sm qalinlikda 5-6 sm uzunlikda kesib olamiz. Baliqni yaxshilab qog‘oz salfetka bilan quritib oling. Ustiga tuz va murch seping.
Endi baliqlarning ustiga ozgina un seping. Keyin ularni tuz bilan aralashtirilgan tuxumga bulab oling. Uning ustidan tolqonga bulang.
Pishirish
Yog‘ni tovaga quying va u qizigach baliqlarni ma’lum miqdorda solib bir tomonini 3 minutdan qo‘g‘iring. Ikkala tomoniga 6 minut ketadi.
Pishgan baliqlarni qog‘oz salfetkaga qo‘ying (ortiqcha yog‘ini tortib oladi).
Baliqli barmoqlarni hammasini pishirib bo‘lgach ularni issiqligida dasturxonga torting. Odatda bu taom kartoshka va boshqa garnirlar bilan birgalikda yeyiladi.
Bu usulda tayyorlangan baliqni tolqonga bulagandan so‘ng muzlatib qo‘yish mumkin. Keyin kerak bo‘lganda muzlatilgan holatda pishiriladi. Faqat pishishiga uzoqroq vaqt ketadi.
Blogda yana boshqa bolalar uchun retseptlarni topasiz. Masalan, tovuq naggetlari va kartoshka fri.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish