Nonlar

Fransuzcha baget (French Baguettes)

Fransuzcha baget noni Fransiyaning belgisidir. U dunyodagi eng shirin nonlardan biri, lekin oddiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Bagetning usti qattiq-qarsildoq, ichi esa yumshoq bo‘ladi. Odatda uni maxsus suv purkaydigan duxovkada pishirishadi. Bugun biz uni uy sharoitida tayyorlaymiz.

Fransuzcha baget uchun kerakli mahsulotlar (4 dona 35 smli baget uchun):

  • 0.5 choy qoshiq xamirturush (droja)
  • 300 ml suv (1.5 stakan)
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 600 gr atrofida un
  • Ozgina mannaya krupa yoki jo’xori uni (listga sepish uchun)

Xamir tayyorlash

Laganda un va tuzni aralashtiring.Uning ustiga xamirturushni iliq suv bilan aralashtirib quying va yog‘och qoshiq bilan xamir qoring.

Bu xamir qo‘lga yopishadigan bo‘lganligi uchun qoshiq ishlatish oson bo‘ladi. Xamir yopishqoq, lekin laganning devoridan oson uziladigan bo‘lishi kerak.

Endi xamirni ustini o‘rab uni 12-15 soat oshiring (vaqt havo haroratiga bog‘liq). Hammaning o‘zi yoqtirgan xamir oshiradigan joyi bo‘ladi. Meniki duxovka yoki mikro to‘lqinli pechning ichidir, albatta o‘chirilgan holatda.

Vaqt o‘tgach (men 15 soat oshirdim) xamirni un sepilgan stolning ustiga to‘rtburchak shaklda qo‘ying. Endi uni 4 ga bo‘lib oling.

Bitta xamirni oling va qo‘l bilan sal yapaloqlab, keyin uni rulet qilib o‘rab oling. Endi xamirni biroz ikkala qo‘lni ishlatib cho‘zib oling.

Shakl berilgan bagetni fergament qog‘ozi va ozgina mannaya krupa sepilgan listga qo‘ying.

Xamirning hammasini shunday qilib yasab oling. Tekis bo‘lishi shart emas,

Men bitta listga ikkita joyladim. Lekin uchta ham sig‘dirish mumkin. Endi nonlarning ustini un sepilgan sellofan bilan yoping. Bo‘lmasa sellofan xamirga yopishib qolishi mumkun. Ularni 1 soat oshiring.

1 soat o‘tgach nonlarning ustini lezviya yoki qaychi bilan rasmda ko‘rsatilgandek qilib kesib oling. Men qaychi ishlatdim. Qaychi ishlatilganda kesilgan joyi uchli bo‘lib qoladi, o‘sha joyini qo‘l yoki qaychi bilan sal bosib qo‘ying.

Men ikkita bagetning ustiga ozgina un sepdim, bu nonlar pishganida boshqacharoq ko‘rinish bo‘ladi.

Keyin nonlarning ustiga ozgina sovuq suv seping. Men maxsus purkaydigan butilkadan foydalandim.

Pishirish jarayoni

Endi duxovkani 250°C ga qizdiring va eng pastiga chuqurroq bo‘sh idish soling (men keks qolip soldim). Qizigan bo‘sh idishga sovuq suv quying va listdagi bagetlarni duxovkaga soling.

Besh minutdan so‘ng duxovkani ochib bagetlarning ustiga suv purkang va yana duxovkaning eshigini yoping.

Yana besh minut o‘tgach yana shu jarayonni takrorlang. Keyingi besh minut o‘tgach bagetlar pishadi.

Demak, bagetlar hammasi bo‘lib 15-16 minutda pishadi va u vaqtning orasida ularning ustiga ikki marta suv purkalishi kerak.

Bagetlar pishgach ularni ustini ochib soviting va keyin dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Xamir bilan ishlayotganda faqat keragicha un seping, ko‘p sepmang.

Bo‘sh idishni qizdirib, suv quyishdan maqsad duxovkaning ichida bug‘ yaratish.

Fransuzcha bagetning ustini ochib sovitish kerak, bo‘lmasa u yumshoq bo‘lib qoladi va non bagetning ta’mini yo‘qotadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Keyingi safar pishirish uchun nonlar bo’limidagi boshqa retseptlarni ham ko’ring. Masalan italyancha Focaccia juda ham noyob va mazali nonlardan biri.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Share
Taglar: Fransiyanon

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish