Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki tushlik uchun juda qo‘l keladigan va oldindan tayyorlab qo‘yilsa, shoshilgan vaqtda xolodilnikda tayyor turadigan ovqat. Bundan tashqari, frittata sog‘lom ovqatlanishdagilar uchun eng yaxshi nonushta.
Kerakli mahsulotlar (4-5 portsiya uchun):
Avval hamma sabzavotlarni tayyorlab olamiz. Buning uchun brokkolini mayda qismlarga bo‘lib, qozonchada qaynab turgan suvga solamiz. Suv ko‘p bo‘lmasin, brokkoli asosan bug‘da pishsin.
Ungacha alhoida tovaga yog‘ning yarmini quyib, sal qizdiramiz. Endi uning ustiga mayda to‘rg‘algan piyoz va bulg‘or qalampirini qo‘shamiz. Sabzavotlar biroz yumshagach ularning ustiga mayda to‘rg‘algan qo‘ziqorinni solamiz. Hammasini biroz qo‘g‘irib olovni o‘chiramiz.
Endi bitta idishda tuxumlarni sut, tuz va murch bilan aralashtirib olamiz.
Frittatalarni pishirmoqchi bo‘lgan idishimizni yog‘lab unga hamma pishgan sabvavotlarni qoshiq bilan teng bo‘lib chiqamiz.
Pomidorni ham kattaroq qilib bo‘lib sabzavotlarning ustiga qo‘yamiz (men cherri pomidoridan foydalandim, shuning uchun o‘rtasidan bo‘ldim).
Bularning ustiga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni ham solib chiqamiz.
Endi tuxumli aralashmani teng qilib quyib olamiz.
Endi frittatalarni 185C°da qizib turgan duxovkada 30 minut davomida pishirib olamiz.
Frittata tayyor bo‘lgach, ularni issiq holida, yoki xona haroratida, salat yoki non bilan dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Men mayda idishlardan foydalandim, lekin bitta katta idishda ham pishirish mumkin.
Fritattalarni uyingizda bor har qanday sabzavotdan tayyorlash mumkin.
Frittatalar holodilnikda juda yaxshi saqlanadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa sog’lom taomlarning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish
Nachinkali bulochka turlari juda ko‘p. Ularni bolalar va kattalar birdek… Qolganini o'qish