Grekcha kokosli keks o‘zgacha xususiyatga ega – uning hamiri ichidagi sirop keksga betakror namlik va ta’m beradi. Ushbu keksning kelib chiqishi Gretsiya bo‘lib, u yaqin sharq oshxonasining eng shirin vakillaridan biridir. Keks pishayotganda oshxonangizni ajoyib ifor tutib ketadi. Yana bir yaxshi tomoni, bu keks oddiy mahsulotlardan qilinadi.
Kerakli mahsulotlar (33×23 smlik keks uchun):
Xamir uchun:
Sirop uchun:
Avvalo sirop tayyorlab olamiz. Buning uchun suv, shakar va aplesin po‘chog‘ini qo‘shib 5 minut atrofida o‘rta olovda qaynatamiz. Olovni o‘chirib, siropni sovutgani olib qo‘yamiz.
Katta laganda tuxum, shakar, yog‘, qatiqni qoshiq bilan aralshtiramiz.
Endi elaklangan un, kokos maydasi va razrixlitelni qo‘shib xamir qilamiz (qo‘yiqligi kekslarning xamiridak bo‘lishi kerak).
Endi qolipni yaxshilab yog‘lab, tubiga un sepamiz va xamirni tekkiz qilib quyamiz (ustini qoshiq yordamida tekkiz qilib olamiz, usti bir tekkizda ko‘tarulishi uchun).
Kokosli keksni 180C°da qizib turgan duxovkada 40 minut yoki qizargunicha pishiramiz. Pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshirsa bo‘ladi.
Endi issiq keksni ehtiyotkorlik bilan xohlagan shaklda kesib olamiz (qolipda turgan holida). Men romb shaklida kesdim.
Endi buning ustiga sovigan siropni (apelsin po‘chog‘ini olib yuborib) bir tekkizda quyib chiqamiz. Keksning chekkalariga ham alohida ahamiyat berib quying.
Endi, ustiga kokos maydalaridan ozgina seping.
Kokosli keks 30 minut tindirilishi kerak. Dasturxonga choy yoki kofe bilan tortamiz.
E’tibor qiling:
Sovuq sirop issiq keksning ustiga quyilishi kerak, bu siropning yaxshi so‘rilib olinishiga yordam beradi.
Kokosli keks usti yopilgan holda, salqin joyda 2-3 kungacha o‘z mazasini yo‘qotmay turadi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogdagi pishiriqlar retseptlarini mana bu yerda topasiz. Yoki, grek oshxnasining boshqa taomlariga qiziqsangiz mana bu retseptlar bilan tanishishing.
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish