Salatlar

Grekcha salat – Gretsiyada ishlatiladigan asl retsepti

Grekcha salat dunyoning ko‘p joylarida tayyorlanadi. Bugun uni aynan Gretsiyada qanday tayyorlanishi bilan bo‘lishaman.

Grekcha salat masalliqlari (3-4 portsiya uchun):

  • 300 gr feta pishlog‘i. Feta – Grekcha an’anaviy pishloq. Ko‘rinishi brinzaga o‘xshaydi, lekin aynan brinza emas.
  • 350 gr pomidor
  • 2 dona bodring
  • 1 dona yashil bulg‘or qalampiri
  • 100 gr zaytun (olivka) donalari
  • 50 gr kapers (каперсы)
  • Yarimta qizil (siyohrang) piyoz

Sousi uchun:

  • 3-4 qoshiq zaytun yog‘i
  • 2 osh qoshiq sirka (uksus)
  • 1 choy qoshiq asal
  • 0,5 choy qoshiq oregano (agar bo‘lsa)
  • Tuz va murch

Avvalo salatning sousini tayyorlash kerak. Buning uchun katta idishga sous uchun kerakli hamma mahsulotlarni soling. Men salatnitsaning o‘ziga tayyorlayman.

Ularni vilka bilan bir- ikki aralashtiring.

Keyin pomidorlarni 2×3 sm kattalikda kesib oling (cherri bo‘lsa o‘rtasidan bo‘ling). Ularni sousning ustiga soling. Pomidor sousning mazasini tortib oladi.

Endi bodringni o‘rtasidan bo‘ling. Keyin diagonaliga 1.5 sm qalinlikda to‘rg‘ab oling.

Uning ustiga yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni va somoncha qilib to‘rg‘algan bulg‘or qalampirini soling. Ularning ustiga kaperlar va zaytun donalarini soling.

Eng oxirida feta pishlog‘ini soling (butun yoki maydalangan holatda) va ustiga ozgina oregano seping. Yana 1 osh qoshiq zaytun yog‘i ham quyish mumkin.

Salat tayyor, uni non bilan dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Sousni vilka bilan uzoq aralashtirmang, bo‘lmasa u qo‘yiladi. Bu salatning sousi suyuq bo‘lishi kerak.

Qizil piyoz o‘rniga ko‘k piyoz ham solish mumkin.

Kaperlar – Yaqin Sharq va Osiyoning ba’zi joylarida uchraydigan deyarli ko‘p yillik o‘simlik. Kaperslarda limon, zaytun va tuz kabi ta’m bor. Uning qaboqlangan turidan shirin, sirka ta’mi ham keladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Salarlar bo’limidagi boshqa retseptlarni ham ko’zdan kechiring. Masalan Nicoise salati ham bemalol ovqat o’rnin bosadigan salatlardandir.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

<strong>Qizil Barxat torti (Red velvet cake)</strong>

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish