Inglizcha maffinlar, nomidan bilib turganidek, Angliyadan kelib chiqqan. Ular AQSHda 1880 yillarda sotila boshlagan. Hozirda inglizcha maffinlar Shimoliy Amerika va Avstraliyaliklarning ham sevimli nonlaridan biriga aylangan. Odatda u nonushtaga iste’mol qilinadi. Juda mazali va oson retsept.
Idishga un, tuz va xamirturushni soling. Tuz va xamirturush bir-biridan uzoqqa solinsin. Ularni bir aralashtiring.
Endi yumshoq margarinni va shakarni qo‘shing.
Eng oxirida esa iliq sutni quyib, yumshoq xamir qoring. Xamir qo‘lga yopishqoq bo‘ladi.
Keyin stolning ustiga un sepib, xamirni ontaring. Xamirga unlangan qo‘l bilan 10 minut atrofida ishlov bering.
Endi idishni yog‘lab, xamirni unga soling. Uning ustini o‘rab iliq joyda bir soat davomida oshiring.
Oshib chiqqan xamirni mannaya krupa va un sepilgan stolning ustiga qo‘ying.
Keyin uni qo‘l yoki juva bilan 2 sm qalinlikda yoyib oling. Men xamirning ichidagi havoni chiqarib yubormaslik uchun qo‘l bilan yoydim. Endi dumaloq idish bilan maffinlar kesib oling.
Men 4 dona maydaroq va 4 dona kattaroq kesdim. Ortib qolgan xamirni ham dumaloq qilib qo‘ydim.
Keyin maffinlarni mannaya krupa va un sepilgan idishga terib, ustini o‘rab 30 minut oshiring.
Vaqt o‘tgach tovani qizdiring. Keyin ozgina mannaya krupa seping. Endi uning ustiga maffinlarni qo‘ying.
Maffinlarning har bir tomonini 4 minut davomida, o‘rtacha olovda pishiring. Ya’ni, ikki tomoniga 8 minut atrofida vaqt ketadi.
Maffinlar pishgach ularni to‘la soviting. Keyin dasturxonga torting.
Bu maffinlar odatda o‘rtasidan bo‘linib toast qilinadi. Agar sizda toaster yo‘q bo‘lsa unda tovada o‘rtasini qizartirib olinsa bo‘ladi. Keyin sariyog‘ yoki murabbo bilan dasturxonga torting.
Yana bu ingliz mafinlari ‘eggs benedict’ taomi uchun ham ishlatiladi. Blogda ‘eggs benedict’ning retseptini kutib qoling.
Maffinlarning xamiriga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa ular qattiq bo‘lib qoladi.
Blogda bagel va pretzelning retseptlarini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish