Iskander kabob Turkiyaning shimoli-g’arbiy qismida eng taniqli taomlardan biridir. Uning nomi XIX asr oxirida Bursada yashagan oshpaz Iskender Afendidan olgan. Bu taomini mazasi o‘zgacha bo‘ladi. Tayyorlab ko‘rishni tavsiya etaman.
Ishni pide noni tayyorlashdan boshlaymiz. Men pide nonini bir-ikki kun oldin tayyorladim. Chunki iskander kabob uchun biroq suvi qochgan non kerak bo‘ladi.
Go‘shtni yupqa qilib to‘rg‘ab oling. Go‘shtni 40 minut atrofida muzxonaga solib qo‘yilsa uni yupqa parraklash oson bo‘ladi.
Endi qozonchaga 1 osh qoshiq sariyog‘ni soling. U erigach ustiga tomatni qo‘shing. Ularni biroz aralashtiring. Keyin ustiga pomidor sharbatini quying va bulg‘or qalampir maydasi soling. Tuz va murch ham qo‘shing. Bu aralashmani o‘rtacha olovda 20 minut atrofida pishiring.
Tovaga 1 osh qoshiq zaytun yog‘i quying. U qizigach ustiga tuz a murch sepilgan go‘shtni bir qismini solib, ikkala tomonini 1 minut atrofida pishirib oling. Go‘sht yupqa emasmi, u bir zumda pishadi. Pishgan go‘shtni tarelkaga solib turing. Go‘shtning qolgan qismini ham shu usulda pishirib oling.
Endi go‘sht pishgan tovaga zaytun yog‘ining qolgan qismini quying. Ustiga mayda to‘rg‘algan pide nonini soling va uni ham qo‘g‘irib oling. Non qo‘g‘irilgach uni ham tovadan chiqaring.
Qatiqni tuz, murch, mayda to‘rg‘algan chesnok va petrushka bilan aralashtirib oling.
Sariyog‘ni eritib oling. Iskander kabobni hamma qismlari tayyor. Uni ularni idishga terib olish kerak.
Avval nonni tering. Ustidan qatiqni quying.
Keyin go‘shtni, tepasidan esa tomatli sousni quying. Eng tepasiga eritilgan sariyog‘ni quying.
Iskander kabob tayyor. Uni issiqligida dasturxonga torting.
Go‘shtni uzoq pishirib yubormang. Bo‘lmasa u quruq bo‘lib qoladi.
Blogda yana boshqa kaboblarning retseptini ham topasiz. Masalan, qozonda turkcha kabob, baqlajonli kabob yoki fors usulida tovuq go‘shtidan kabob.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish