Asosiy taomlar

Katsu karri – Yaponcha tovuqli karri

Katsu karrining vatani Yaponiyadir. Hozirda katsu karri Avstraliya, Britaniya, Gavay orollari va dunyoning boshqa joylarida ko‘p tayyorlanadi. Katsy karrining turlari ko‘p. Bugungi retsept g‘arb va arab mamlakatlarida keng tarqalgan  mashhur Wagamama restoranlar tarmog’ining retsepti bo‘yicha tayyorladim. Wagamama bu retseptni Koronavirus pandmiyasi davrida ommaga chiqardi. Ungacha, ko‘p yillar davomida sir saqlagan. Oson va mazali retsept.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

Katsu karri sousiga:

  • 1-2 dona piyoz (hajmiga qarab)
  • 3 dona chesnok tishi
  • 10 gr zanjabil (имбирь) (men qurug‘idan ishlatdim)
  • 15 gr un
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1 osh qoshiq kokos yog‘i  yo‘q bo‘lsa o‘simlik yog‘i
  • Yarimta tovuq zaxirasi, ya’ni kubigi (300 ml suv bilan eritilgan)
  • 2 osh qoshiq soya sousi
  • 250 ml kokos suti
  • 1 choy qoshiq kukurma
  • 2 osh qoshiq karri uchun ziravor
  • 1 choy qoshiq shakar
  • Tuz va murch

Tovuqni pishirish uchun

  • 100 ml osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 4 dona tovuq go‘shtining ko‘krak qismi
  • 100 gr un
  • 200 gr tolqon
  • 1-2 dona tuxum (hajmiga qarab)

Katsu karri sousini tayyorlash

Idishga kokos yog‘ini soling. U erigach mayda to‘rg‘algan piyoz, chesnok va zanjabilni soling. Ziravorlarni qo‘shing.

Hammasini qo‘g‘iring. Piyoz qizarganda ustiga unni soling va qo‘g‘iring.

Keyin tovuq zaxirasining eritmasini va kokos sutini quying. Ustiga soya sousini quying. Shakar va tuzni soling.

Karrining sousini 10-15 minut o‘rtacha olovda qaynating. Sous qaynab turgunicha, karrining go‘shtini pishirib oling.

Katsu arri uchun go‘shtni tayyorlash

Un, tuxum va tolqonni alohida idishlarga soling. Un va tuxumga ozgina tuz seping. Endi tovuq go‘shtini unga bulang. Keyin tuxum va oxirida tolqonga bulang.

Endi tovaga o‘simlik yog‘ini quyib qiziting. Qizigach unga tovuq go‘shtini soling. Go‘shtning ikkala tomonini tilla rang qilib qo‘g‘iring. Tovuq go‘shtining qalinligiga qarab, uning pishishiga 10-15 minut vaqt ketadi. Tovaning ustini yopmang.

Pishgan tovuq go‘shtini qog‘oz salfetkaga qo‘ying. Ortiqcha yog‘ini tortib oladi.

Bu orada karrining sousi ham quyuqlashadi. Endi uni elakdan o‘tkazib oling (xohishga qarab).

Katsu karri tayyor. Uni dasturxonga pishgan guruch va salat bargi bilan torting (Wagamamada shunday tortiladi). Avval guruchni soling va ustiga karrining sousidan quying. Eng ustiga tovuq go‘shtini qo‘ying.

E’tibor qiling:

Tovuq go‘shti pishishidan oldin xona haroratida bo‘lishi kerak.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa karri turlarini ham topasiz. Masalan, tovuqli karri yoki no‘xatli karri.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish