Kimchi dunyoga mashhur Koreya taomidir. Kimchining juda ko‘p turi bor. Uni har xil sabzavotlardan tayyorlashdi. Lekin asosan karamdan tayyorlayman. Hozirda kimchi dunyoning ko‘p joylariga tarqalgan. U inson salomatligi uchun foydali bo‘lgan taomlar ro‘yxatiga kiradi. Kimchining foydasi juda ko‘p, chunki unda foydali bakteriya va probiotiklar bo‘ladi. Bugun uy sharoitda oz miqdorda kimchi tayyorlashning retsepti bilan bo‘lishaman.
Kimchi uchun napa karam turi kerak bo‘ladi. Napa karam Xitoy karamining bir turidir
Buning uchun yuvilgan karamni o‘rtasidan diagonal yo‘nalishda bo‘lamiz.
Endi yana bir marta bo‘lib olamiz. Keyin 3×4 sm kattalikda kesib olamiz.
Sabzini ham ingichka qilib to‘rg‘ab olamiz. Turpni ham somoncha qilib to‘rg’aymiz.
Bu sabzavotlarni idishga katta idishga solib, ustidan 50 gr tuz sepamiz. Agar topsangiz koreys tuzidan foydalaning.
Endi ularning ustiga sovuq suv quyamiz. Suz sabzavotlarni ko‘mib turadi. Buni 2-3 soatga bir chetga surib qo‘yamiz.
Kimchi uchun sous tayyorlash
Buning uchun birinchi bo‘lib kraxmal va suvni pishirib olamiz. Sovuq suvga kraxmalni qo‘shing yaxshilab aralashtiring.
Endi uni past olovga qo‘ying. Quyulguncha tinmay aralashtirib turing. Sous quyuqlashgach shakarni soling. Endi olovni o‘chiring. Aralashmani sovitish uchun olib qo‘ying.
Piyozni qirg‘ichning mayda ko‘zidan chiqarib oling. Chesnok, nok va zanjabilni ham qirg‘ichdan chiqaring.
Endi ularning ustiga kraxmalli aralashmani qo‘shing. Keyin baliq sousi va qalampir maydasini aralashtiring.
Kimchi tayyorlash
Sabzavotlarning suvini to‘kib tashlang.
Endi qizil sousni karam sabzavotlarga qo‘l bilan surkab chiqing.
Kimchini reaksiyaga kirishmaydigan idishga bosib soling. Men shisha bankalardan foydalandim.
Bankalarni qopqog‘ini yoping, lekin oxirigacha buramang. Bo‘lmasa kimchidan gaz chiqa boshlaganda, bankada bosim kuchayadi. Natijada banka portlashi mumkin.
Kimchini xona haroratida 48-36 soat qoldiring. Vaqt xonaning haroratiga bog‘liq.
3-4 kun o‘tgach kimchi tayyor bo‘ladi. Uni darrovda yoki keyinroq iste’mol qilish mumkin. Tayyor kimchini xolodilnikda saqlash kerak.
Men 1 dona karam uchun 60 gr qalampir qurug‘idan foydalandim. Chunki men uni juda achchiq bo‘lishini xohlamadim.
Kimchini alyumin, mis va cho‘yan idishlarda saqlab bo‘lmaydi. Chunki bu materiallar ovqat bilan reaksiyaga kirishadi.
Kimchiga ko‘k piyoz ham qo‘shish mumkin.
Blogda yana boshqa koreycha taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, baqlajonli salat yoki koreyscha stir-fray.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish