Kofe keyklarning ikki xil turi bor, Amerikacha va Britancha turi. Buguni retsept Amerikacha turi bo‘lib, u AQSHga nemis ayollari bilan birgalikda kelgan. Bu keksga kofe qo‘shilmaydi, u odatda kofe yoki choy bilan birgalikda ertalabki yoki kunduzgi tamaddi paytida yeyilganligi uchun shu nom bilan tanilgan. Kofe keyk tayyorlanishi juda oson bo’lgan shirinlikdir.
Oldin streuselni tayyorlab olamiz. Buning uchun idishda shakar, un, dolchin va erigan sariyog‘ni aralashtiramiz.
Bularning ustiga tovada qizdirilgan va maydalangan yong‘oqni qo‘shamiz. Bu aralashmani chetga surib qo‘yamiz.
Idishda smetana va choy sodasini aralashtiramiz. Uning ustiga eritilgan sariyog‘, tuxum va shakarni solib aralashtiramiz.
Boshqa idishda un, razrixlitel, vanilin, dolchin va tuzni aralashtiramiz.
Endi smetanali aralashmaga unli aralashmani qo‘shib qoshiq bilan aralashtiramiz.
Endi xamirning yarmini yog‘langan qolipga quyamiz va ustiga struselning yarmini sepamiz. Keyin struselni ustini cho‘p bilan ozgina yurgizamiz, xamirga oz-moz aralashishi uchun.
Endi xamirning qolgan qismni qolipga quyamiz, va streuselning qolgan qismini ham sepamiz.
Endi kofe keykni 180°Cda 40 minut pishiramiz.
Pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshiramiz.
Kofe keyk sovigach uni kesib dasturxonga kofe yoki choy bilan tortamiz.
Xamirni uzoq aralashtirib yubormang, bo‘lmasa kofe keyk zich bo‘lib qoladi.
Blogda kofe yoki choy bilan dasturxonga tortish uchun yana boshqaq ajoyib pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, shokoladli brauni yoki biskotti.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish