Dessertlar

Kokosli keks – yangi yil bayrami uchun

Kokosli keks har qanday dasturxonning ko‘rki bo‘ladi. Ayniqsa yangi yil bayrami dasturxoni uchun u juda ajoyib keks. Kokosli keksni tayyorlash juda oson.

Kerakli mahsulotlar (21 sm diametrli keks uchun):

Xamiriga:

  • 300 gr un
  • 250 gr kokos kukuni
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 2 choy qoshiq razrixlitel
  • 200 gr shakar
  • 4-5 dona tuxum
  • 200 ml sut (ozgina limon sharbati qo‘shilgan)
  • Ozgina vanillin
  • 200 gr sariyog‘

Glazuri uchun

  • 4 osh qoshiq kremchiz (cream cheese)
  • 200 gr shakar kukuni
  • 4 osh qoshiq sut
  • Ozgina kakos kukuni

Kokosli keks uchun xamir tayyorlash va pishirish

Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.

Sariyog‘ va shakarni mikser bilan ko‘pirtirib oling.

Keyin tuxumlarni bitta-bitta qo‘shing, ko‘pirtirishda davom eting. Sut va vanillinni ham qo‘shing.

Alohida idishda un, tuz, razrixlitel va kokos kukunini  aralashtirib oling. Ularni sariyog‘li aralashmaga qo‘shing. Hammasi aralashtiring.

Xamirni yog‘langan va un sepilgan o‘rtasi teshik keks qolipiga quying.

Kokosli keksni 170⁰Cda qizib turgan duxovkada 45 minut atrofida pishiring. Kokosli keksni pishganligini gugurt cho‘pi bilan tekshirib oling.

Keksni 15 minut atrofida qolipda soviting, keyin qolipdan chiqarib oling. Uni to‘la sovitishga qo‘ying.

Kokosli keks uchun krem tayyorlash

Buning uchun kremchiz, sut, shakar kukuni va vanillinni venchik bilan aralashtirib oling.

Endi kremni keksning ustiga quying. Kremning ustiga kokos kukunidan seping.

Kokosli keks tayyor. Uni kesib dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Keksning xamirini ko‘p aralashtirib yubormang, bo‘lmasa keks mayin chiqmaydi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yangi yil uchun boshqa retseptlarni ham topasiz. Masalan, banoffee pirogi yoki chizkeyk.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish