Sog'lom taomlar

Kuku (kyukyu)-sog‘lom taom

Kuku Ozarbayjon va Fors taomi bo‘lib, u vitamin va oqsilga to‘la sog‘lom taomdir. Ozarbayjon va Eron atroflarida tayyorlanib odatda nonushta yoki taomning boshida iste’mol qilinadi. Lekin tushlik uchun ham ayni muddao.

Kerakli mahsulotlar (5-6 portsiya uchun):

  • 8 dona tuxum
  • 1 bosh ko‘k piyoz
  • 1 bosh petrushka
  • 100 gr grek yong‘oq
  • 1 bosh kashnich
  • 1 bosh ukrop
  • Ozgina yalpiz
  • 2 osh qoshiq zaytun (olivka) yog‘i yoki sariyog‘

Tuz va murch

Ko‘katlarning hammasini mayda qilib to‘rg’aymiz. Tuxumlarni bitta idishga chaqib, tuz va murch bilan aralashtirib olamiz.

Endi maydalangan yong‘oq, ko‘katlar va tuxumni bitta idishda aralashtiramiz.

Yog‘ni tovaga solib, biroz qizigach tuxumli aralashmani quyamiz va o‘rta olovda 3-4 minut pishiramiz.

Bir tomoni qizargach kukunini teng to‘rtga bo‘lib olamiz va har bir qismini ontarib chiqamiz.

Ikkinchi tomoni ham qizargach kuku tayyor bo‘ladi.

Endi uni dasturxonga tortamiz. Odatda kuku chesnok aralashtirilgan qatiq yoki yogurt bilan tanovul qilinadi.

E’tibor qiling:

Kukuni bir tomini pishgach tovaga to‘ntarishni o‘rniga broil (печь для жарки) duxovkada 3-4 minut pishirsa ham bo‘ladi. Bu yangi chiqqan usul.

Kuku xolodilnikda yaxshi saqlanadi va uni yeyishdan oldin isitish shart emas.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa sog‘lom taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, afg‘oncha bo‘lani.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

<strong>Qizil Barxat torti (Red velvet cake)</strong>

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish