Limonli kvadratlar 1930 yillardan beri AQSHda tayyorlanib kelinadi. Hozirda ularni ko‘p joylarda uchratish mumkin. Limonning nordon ta’mi va shakarning shirinligi bu dessertga o‘zgacha ta’m beradi. Juda oson retsept.
Kerakli mahsulotlar (22sm kvadratlar uchun):
Xamirli qobiq uchun:
Limonli zavarnoy uchun:
Xamir tayyorlash
Buning uchun idishda un va shakarni aralashtiramiz.
Keyin uning ustiga sovuq margarinni qirg‘ichdan o‘tkazamiz yoki maxsus moslama bilan ezamiz.
Un va margarinni aralashtirib ‘pesok’ holatiga olib kelamiz.
‘Pesok’ni fergament qog‘ozi solingan qolipga solib, qo‘l bilan bosib olamiz. Endi buni 200°Cda qizib turgan duxovkaga solib 10 minut davomida yoki och tilla rang bo‘lguncha pishirib olamiz.
Zavarnoyni tayyorlash
Qobiq pishib chiqquncha, limonli kvadratning qolgan qismini tayyorlab olamiz. Idishda shakar, un va limonning zestini aralashtiramiz.
Ularning ustiga limonning sharbatini va tuxumlarni solamiz. Hamma narsani aralashtiramiz.
Duxovkadan olingan qobiqning ustiga suyuqlikni quyamiz va duxovkaning gradusini 180°Cga paslatamiz.
Limonli kvadratlarni duxovkada yana 10-15 minut davomida pishiramiz.
Kvadratni duxovkadan chiqarib, qolipning ichida sovitib olamiz, so‘ngra ustiga shakar kukuni sepamiz.
Tayyor limonli kvadratlarni kesib dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Limonli kvadratlarning usti issiqligida biroz yumshoq bo‘ladi, keyin biroz qotadi.
Limonli kvadratlar salqin joyda, usti o‘ralgan holatda 4-5 kungacha yaxshi saqlanadi.
Limonning po‘chog‘ini qirg‘ichdan o‘tkazilsa zest bo‘ladi. Avval zestni chiqarib, keyin sharbatini chiqarish osonroq.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa shunga o‘xshash pishiriqlarning retseptini ham topasiz. Masalan, flapjak, malina va yogurt pirogi va kofe keyk.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish