Msemen Shimoliy Afrika mamlakatlari ya’ni Marokash, Tunis va Aljirda tayyorlanadi. Bu non odatda nonushta uchun asal bilan birgalikda tanovul qilinadi. Ramazon oyida saharlik dasturxoniga juda mos tushadi. Siz ham tayyorlab ko‘ring.
Kerakli mahsulotlar (10 dona msemen uchun):
Idishda un, shakar, tuz va razrixlitelni aralashtirib oling. Endi uning ustiga tuxumni chaqing va suvni oz-ozdan quyib qo‘lga yopishmaydigan xamir qoring.
Qo‘lingizni yog‘lab xamirni zuvalachalarga bo‘lib oling va ularning ustini o‘rab 15 minut davomida tindiring.
Endi zuvalaning bittasini olib yog‘langan stol ustida, yog‘langan qo‘l bilan yupqa qilib yoying, xamirning orqasidan stol ko‘rinadigan yupqalikda bo‘lish kerak.
Endi xamirning ustiga ozgina mannaya krupa seping va rasmda ko‘rsatilgandek qilib, avval tepa va pastidan, keyin ikki tomonidan buklang.
Buklangan xamirlarni yana 15 minut ustini o‘rab tindiring.
15 minut o‘tgach xamirning bittasini yupqa, 2 mm qalinlikda kvadrat shaklda, yoyib oling.
Qizigan tovaga ozgina (yarim choy qoshiq atrofida) o‘simlik yog‘i quying va ustiga bitta msemenni soling. Msmenni ikkala tomonini o‘rtacha olovda pishirib oling. Vaqti-vaqti bilan ontarib turing. Tayyor msemenlar och tilla rang bo‘ladi.
Pishgan msemenni qog‘oz salfetkaga qo‘yib turing.
Hamma msemenlarni shu usulda pishirib oling.
Endi ularni yangligida dasturxonga asal bilan birgalikda yoki o‘zini torting. Odatda Marokashda msemen qahva yoki yalpizli choy bilan tamaddi qilinadi.
E’tibor qiling:
Msemenni xamiri qattiq bo‘lmaydi, lekin qo‘lga ham yopishmasligi kerak.
Yog‘langan stol va qo‘l xamirni yupqa qilib yoyishga yordam beradi.
Pishgan msemenni sovigach folga qog‘ozga o‘rab muzlatish mumkin. Bu holatda u bir oygacha saqlanadi. Tanovuldan oldin tovada isitib olish kerak bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa Marokash taomlarining retseptini ham topasiz. Masalan, tajin yoki baghrir.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish