Asosiy taomlar

Mussahan va tabun noni (Bayramona taom)

Mussahan taomini men birinchi marta Palestinlik dugonam tayyorlaganda totib ko‘rganman. Shundan beri u ham bizni xonadonda menuga qo‘shilgan. Mussahan juda mazali taom bo‘lib, odatda u arabcha non tabun bilan birgalikda dasturxonga tortiladi. Shuning uchun men sizlarga bugun mussahan va tabun noning retseptini tanishtiraman.

Kerakli mahsulotlar (2 ta tovuq uchun):

  • 2 dona tovuq yoki shu miqdorda tovuq oyoqlari
  • 3 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 2 osh qoshiq sumak ziravori
  • 1 osh qoshiq zira kukuni
  • 1 choy qochiq dolchin
  • 5-6 dona chesnok donasi
  • 3-4 dona piyoz
  • 1 dona limon
  • Tuz va murch
  • 10 dona
  • Yarim choy qoshiqdan qalampirmunchoq va muskat yong‘og‘i maydasi

Tabun noni uchun:

  • 300 gr un
  • 120 ml atrofida un
  • 5 gr xamirturush
  • 5 gr tuz
  • Ozgina shakar

Mussahan tayyorlash

Tovuqlarni 4-5 ga bo‘lib oling. Keyin go‘shtni tuzlab oling. Buning uchun hamma ziravorlar va limonning sharbatini go‘sht bilan yaxshilab aralashtirib oling. Go‘shtni kamida ikki soat yoki uzoqroq xolodilnikka solib qo‘ying.

Endi yog‘ni bir qismini katta qozonga quying. Uning ustiga piyozning ikkitasini solib qo‘g‘iring. Keyin tovuq go‘shtni soling va uni ham qo‘g‘iring.

Tovuq go‘shtining usti biroz qizargach, qozonga 300 ml atrofida qaynagan suz quying. Qozonning ustini yopib, go‘sht pishgunicha o‘rtacha olovda dimlang.

Go‘sht pishgach uni issiqqa chidamli katta idishga soling. Uni duxovkada 10-15 minut davomida qizartirib oling. Suvni qozonda qoldiring. U bizga kerak bo‘ladi.

Piyozning qolgan 2-3 donasini yog‘ning qolgan qismida qo‘g‘irib oling. Unga ham tuz, murch va sumakdan seping. Piyoz qo‘g‘irilgach uni bir chetga surup turing.

Tabun noni tayyorlash:

Idishda un, tuz, shakar va xamirturushni aralashtirib oling. Keyin iliq suvni quyib xamir qoring. Xamirning qattiqligi o‘zbekcha uyda tayyorlanadigan nonning qattiqligida bo‘ladi.

Yaxshi ishlov berilgan xamirning ustini o‘rab uni 40-60 minut davomida oshiring.

Oshib chiqqan xamirni 6 yoki 8 ga bo‘ling. Men 6ga bo‘ldim. Zuvalalarning ustini o‘rab ularga yan 5 minut dam bering.

Keyin bitta zuvalani olib aylana shaklida yoyib oling. Men 30 sm atrofida yoydim.

Endi uni 220⁰C da qizib turgan duxovkada 5-6 minut davomida pishiring. Pishib chiqqan tabun nonning ustiga zaytun yog‘idan surkang. Zuvalalarning qolgan qismini ham shu usulda pishirib oling.

Mussahanni dasturxonga tortish

Tabun nonini 3-4ga bo‘ling. Keyin  qozonda qolgan, tovuq pishgan sousga tekizib oling. Keyin bu nonlarni tovoqqa tering.

Ustidan qo‘g‘irilgan piyozni soling.

Eng tepasiga duxovkadan chiqqan issiq go‘shtni qo‘ying.

Mussahan tayyor uni issiqligida dasturxonga torting. Bu taom ko‘pchilik bo‘lib yeyishga mo‘ljallangan taom.

E’tibor qiling:

Mussahan uchun tabun noni o‘rniga lavash nonidan ham foydalanish mumkin.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlarning retseptini ham topasiz. Masalan, tovuq go‘shtidan fors usulida kabob yoki peri-peri tovuq go‘shti.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish