Napoleon torti aksariyat odam uchun yoqimli. Uni bolaligimizdan bilamiz. Napoleon torti nega bunday deb nomlanishini hech kim aniq bilmaydi. Napoleonni hamma har xil tayyorlaydi. Bugun men taqdim qilayotgan retsept bo‘yicha tayyorlangan tort mayin bo‘ladi, hamda krem singiganda ham korjlari uqalandigan holatda qoladi.
Xamiri uchun
Kremi uchun:
Avval xamir qoramiz. Men bu xamirni stolning ustida qorishni oson deb o‘ylayman. Muzdek unga tuzni aralashtiramiz. Uning ustiga muzdek margarinni solib ‘pesok’ qilib olamiz.
Keyin unning ustida kichkina o‘racha qilamiz. Uning ichiga uksus qo‘shilgan suvning yarmini va tuxumni quyamiz. So‘ngra xamir qorishni boshlaymiz. Xamir yengil harakatlar bilan qorilishi kerak.
Kerak bo‘lganida suvning qolgan qismini oz-ozdan quyib xamir bir-biriga sal yopishguncha qorib olamiz.
Endi xamirni o‘rab, xolodilnikka kamida 15-16 soatga olib qo‘yamiz. Men odatda 20-24 soatga qoldiraman.
Ertasi kuni xamirni 6 taga bo‘lamiz. Har birini ozgina dumaloqlab olamiz (yoyishga oson bo‘lishi uchun).
Endi bitta xamirni olib uni 30 sm atrofida yupqa qilib yoyamiz. Men bu safar dumaloq qilib yoydim. Keyin biror narsaga moslab xamirning chetlarini kesib olamiz. Buning uchun men 28 smli tova qopqog‘idan foydalandim.
Endi xamirni biroz suv surkalgan listga qo‘yamiz va vilka bilan har joyidan teshib olamiz. Xohlasangiz xamirning chetlarini ham yoniga qo‘yib birgalikda pishiring. Lekin men oxirida hamma xamir chetlarini bitta qilib pishiraman.
Korjni 200°C da qizib turgan duxovkada 8-10 minut, yoki och tilla rang bo‘lguncha pishirib olamiz. Xamirning hammasini shunday usulda pishirib olamiz. Bitta xamir pishayotganda ikkinchi xamirni tayyorlab turing, qolgan qismi esa xolodilnikda tursin.
Eng oxirida xamirning chetlarini bitta zuvalacha qilib, yoyib olamiz va uni ham pishiramiz.
Korjlar to‘la sovigunicha krem tayyorlab olamiz. Buning uchun yumshoq sariyog‘ning ustiga xona haroratidagi quyultirilgan sutni va vanilinni qo‘shib mikser bilan oppoq bo‘lguncha ko‘pirtirib olamiz. Odatda 8-10 minut ketadi. Bu vaqt mikserning tezligiga bog‘liq.
Endi bitta korjning ustiga kremning 1/6 surkaymiz va keyingi korjning ustiga qo‘yamiz.
Korjlarning hammasi qo‘yib bo‘lingach xamirning chetlaridan pishgan korjni maydalab tortning ustiga sepamiz. Tortni 5-6 soat tindirib dasturxonga tortamiz.
E’tibor qiling:
Xamir uchun kerakli mahsulotlar hammasi muzdek bo‘lishi kerak. Men odatda unni yarim soat oldin muzlatgichga solib qo‘yaman. Suvga esa 3-4 dona muz donalaridan solib olaman.
Tortning xamiriga ortiqcha ishlov bermang, bo‘lmasa korjlar qattiq bo‘lib qoladi.
Quyultirilgan sut xona haroratida bo‘lmasa, krem burda-burda bo‘lib qolishi mumkin.
Xamirning chetlari oldindan kesib olinsa, tortning chetlari tekis chiqadi.
Listga suv surkash, xamir ko‘tarilishining oldini oladi.
Yoqimli ishtaha!!!
Dessertlar bo’limida boshqa tort retseptlarini ham ko’ring. Masalan, bolaligimizdan beri tanish bo’lgan yana bir tort Medovik torti retsepti shu yerda.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish