Salatlar

Nicoise salati (Salade niçoise) – Fransuzcha salat

Niçoise – Fransuzchadan o‘qilishi “Nisua”, Nice (Ница) shahri odami, Nicelik mazmunini anglatadi. Bu salat Fransiyaning Nice shaxrida birinchi marta tayyorlangan. 20 asrning boshlarida dunyoga keng tarqalgan. Nicoise salati issiq oylar uchun eng ajoyib salat. Unda odam organizmi uchun kerakli hamma ozuqalar bor. Nicoise salati bemalol ovqat o‘rnini bosadi. Lekin kaloriyasi judas oz. Shunday ekan sog‘lom ovqatlanishdagilar va vazn tashlamoqchi bo‘lganlar uchun juda mos. Tezda tayyor bo‘ladigan retsept.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • Salatlat bargi – 2 bog‘
  • Tuna baliq (тунец) konservasi – 2 dona
  • Pomidor – 2 dona
  • Kartoshka – 700gr-1kg. Yangi chiqqan kartoshka yaxshiroq bo‘ladi.
  • Yashil loviya – 200 gr
  • Qaynatilgan tuxum – 3 dona
  • Zaytun donasi – 150 gr (olivka, qora turi bo‘lsa yaxshiroq) danagi olingan
  • Ko‘k piyoz – 3-4 dona
  • Kashnich – yarim bog‘

Sousi uchun

  • Limonning sharbati – 1 dona
  • Zaytun yog‘i – 4-5 qoshiq
  • Uksus – 1 osh qoshiq
  • Xantal (горчица) – 1 choy qoshiq
  • Tuz va murch

Avvalo kartoshkalarni katta-katta qilib bo‘lib olamiz. Sovuq suvga solib, tuz bilan qaynatamiz. Pishgach, suvini to‘kib yuboramiz. Kartoshkani bir chetga olib qo‘yamiz.

Keyin yashil loviyalarni qaynagan va tuz solingan suvda ozgina pishirib olamiz. Ko‘p pishirib yubormang.

Endi sousni tayyorlab olamiz. Buning uchun limonning soki, xantal, uksus, zaytun yog‘i, tuz va murchni bitta idishda yaxshilab aralashtiramiz.

Kartoshkaning ustiga to‘rg‘algan ko‘k piyoz, kashnich va sousning bir qismini solib aralashtiramiz.

Endi yuvilgan va quritilgan salat barglarini katta tarelkaga bir tekis qilib yoyib chiqamiz.

Uning bir chekkasiga  kartoshkani solamiz.

Keyin pishgan loviyani ham ozgina sous bilan aralashtirib, kartoshkaning ustiga qo‘yamiz.

Katta-katta kesilgan pomidorni ham shunday qilamiz.

Keyin suvi to‘kilgan tunani va zaytun donalarini ham tarelkaga qo‘yamiz.

Eng oxirida po‘chog‘i archilgan va to‘rtga bo‘lingan tuxumlarni ham tarelkaga qo’yamiz.

Sousning oshib qolganini salatning ustiga quyamiz.

Nicoise salati darrov dasturxonga tortiladi. Odatda bu salat katta tarelkada o‘rtaga qo‘yiladi. Undan hamma o‘z tarelkasiga solib oladi.

E’tibor qiling:

Salat barglarini yaxshilab quriting. Bo‘lmasa bu salat mazasiga ta’sir qiladi.

Xantalni ta’bga qarab soling.

Odatda bu salatga qora zaytun donalari ishlatiladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Endi boshqa salatlar retpsetlari bilan ham tanishing! Sog’lom taomlar retseptlarini ham esdan chiqmasin!

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish