Oshqovoq sup kuz oylarida tayyorlanadigan eng mashhur suplardan biridir. U AQSHda ‘Thanksgiving Day’ kuni albatta tayyorlanadi. Oshqovoq sup vitamin va minerallarga boy bo‘lib, unda ayniqsa vitamin A ko‘p bo‘ladi. Lekin kaloriyasi oz. Shunday ekan tana vaznini tashlamoqchi bo‘lganlar uchun juda qo‘l keladi. U sovuq kunlar uchun juda yaxshi hisoblanadi. Mazali va sog‘lom taom. Marhamat retsept bilan tanishing.
Avval oshqovoq sup uchun sabzavotlarni tayyorlab olamiz. Buning uchun oshqovoqni ikki yoki uchga bo‘lamiz.
Men kichkina oshqovoqlardan foydalandim. Shuning uchun ularni o‘rtasidan bo‘ldim va urug‘ini olib tashladim.
Endi bo‘lingan oshqovoqlarni va qolgan sabzavotlarni listga qo‘ying. Ularning ustiga zaytun yog‘idan seping. Ta’bga qarab tuz va murch seping. Sabzavotlarni 180⁰C da qizib turgan duxovkada 1 soat davomida yoki oshqovoq yumshaguncha pishiring.
Oshqovoq pishgach uni biroz sovitish uchun chetga surib qo‘ying.
Endi katta idishga sariyog‘ni soling.
U erigach uning ustiga pishgan sabzavotlar va oshqovoqni soling. Oshqovoqni po‘chog‘idan qoshiq yordamida chiqarib oling.
Ularning ustiga sabzavotlar zaxirasini 1litr suv bilan eritib quying.
Bu idishni olovga qo‘yib 30-40 minut atrofida past olovda qaynating. Bu jarayon supning mazali chiqishiga yordam beradi.
Vaqt o‘tgach olovni o‘chiring. Uni darrovda yoki biroz sovitib blender yordamida bir xil massa qilib oling.
Oshqovoq sup tayyor. Uni idishlarga bo‘lib, petrushka sepib dasturxonga torting. Xohishga qarab yana smetana yoki grek yogurti qo‘shish mumkin.
Oshqovoq sup xolodilnikda 3-4 kungacha yaxshi saqlanadi.
Oshqovoqning urug‘ini tashlab yubormay, tovada yoki duxovkada quritib dasturxonga tortish mumkin. Unda foydali yog‘lar va minerallar ko‘p bo‘ladi.
Blogda yana boshqa vegetarian suplarning retsepti ham bor. Masalan, pomodorli sup va grekcha no’xatli sup.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish