Bugun sizlar bilan AQSH va Kanadaning mashhur oshqovoqli pirogining retseptini bo‘lishaman. Oshqovoqli pirog kech kuz va qishning boshlarida tayyorlanadi. Chunki o‘sha paytda oshqovoq yetilib pishadi. Shimoliy Amerikada oshqovoqli pirog hosil bayraming belgisi hisoblandi. U “thanksgiving” kuni albatta dessert uchun dasturxonga tortiladi, xuddi arafa kuni o‘zbek xonadonlarida palov tayyorlangandek.
Buning uchun oshqovoqni bo‘ling va duxovkada 1 soat davomida pishirib oling.
Pishib chiqqan oshqovoq sovigach, qoshiq bilan po‘stidan ajratib oling. Endi buni blender yoki vilka yordamida maydalab olib ‘pyure’ qiling. Oshqovoq pirog uchun tayyor. Uni darrovda yoki keyinroq ishlatish mumkin.
Buning uchun idishda un, tuz, shakar va dolchin maydasini aralashtirib oling.
Aralashmaning ustiga sovuq sariyog‘ni soling. Qo‘l yoki moslama bilan ‘pesok’ qilib oling. Sariyog‘ni juda maydalab tashlamang.
Endi uning ustiga muzdek suvdan oz-ozdan quyib unni bir-biriga yopishtiring. Suvning hammasi ishlatilmasligi mumkin. Bir-biriga biroz yopishib turgan xamirni stolning ustiga oling.
Qo‘l bilan yengil ishlov bering, zuvala holiga kelguncha. Endi xamirni o‘rab kamida yarim soat xolodilnikka solib qo‘ying.
Vaqt o‘tgach xamirni 35 sm atrofida doira qilib yoying. Chetlari tekis bo‘lishi shart emas. Endi bu xamirni chuqurroq pirog uchun qolipga qo‘ying.
Xamir qolipning ichki devorining tubiga ham tegib tursin, chunki pishganda xamir kichrayadi. Natijada pirogning devori past bo‘lib qolishi mumkin. Xamirning ortiqcha chetini qiyib yuboring. Endi chetini ichkariga qaratib buklab oling.
Xamirning chekkasini chimdib chiqing. Men ichkaridan bosh barmoq, tashqaridan esa bosh va ko‘rsatgich barmoq bilan chimdib chiqdim.
Pirog xamirining tubini vilka bilan teshib oling.
Uning ustiga folga qog‘ozi soling. Qog‘ozning ustiga esa og‘irroq narsa soling. Men xom no‘xat donalaridan foydalandim. Yana guruch, loviya va shunga o‘xshash narsalardan foydalanish mumkin.
Endi buni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 35 minut davomida pishirib oling. Ungacha pirog uchun oshqovoqli aralashmani tayyorlab turing.
Buning uchun idishda quyultirilgan sut, tuxum, shakar va hamma ziravorlarni aralashtiring.
Endi bu aralashmaga oshqovoq pyureni qo‘shing. Agar bu mahsulotlar xona haroratida bo‘lmasa, past olovda biroz isitib oling, lekin tuxum pishib qolmasin.
Oshqovoqli pirogni pishirishga tayyorlash
Endi bu oshqovoqli aralashmani, pishib chiqqan va biroz sovigan pirog tubiga quying.
Xamirning chetlarini folga qog‘ozi bilan o‘rab qo‘ying. Chunki pirogning xamiri pishgan, bu chetlari kuyib ketishini oldini oladi.
Pirogni 210⁰Cda qizib turgan duxovkada 10 minut pishiring. Keyin olovni 190⁰Cga paslatib yana 35-40 minut davomida pishiring. Pirog pishgan vaqtda uning o‘rtasi qotimaydi.
Endi olovni o‘chiring va pirogni duxovkaning ichida sovitib oling. Pirog sovigach uni duxovkadan chiqaring.
Tayyor oshqovoqli pirogni ko‘pirtirilgan qaymoq bilan dasturxonga torting.
Bu pirog bir-ikki kun yaxshi saqlandi. Qaymoqni ko‘pirtirish retseptini mana bu linkda topasiz.
Pirogning chetlaridan oshgan xamirni olib qo‘yish mumkin yoki undan har xil shakllar kesib pirogning ustini bezash mumkin. Bu shakllar alohida listda pishirilishi kerak. Keyin tayyor pishgan pirogning ustini bezash uchun ishlatiladi.
Oshqovoqli aralashma sovuq holatda bo‘lsa, unda nachinkaning chetlari pishib ichi pishmay qolishi mumkin.
Oshqovoqli pirogni sekin-asta sovitish, uning usti yorilishining oldini oladi.
Blogda yana boshqa Amerika usulidagi dessertlarning asl retseptini ham topasiz. masalan, chizkeyk, shaftoli pirogi yoki germaniya pankeyki.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish