Nonushta

Pancake (pankeyk)

O’qilishi: pankeyk. Nonushta uchun ajoyib taom.

Kerakli mahsulotlar:

  • 140 gr un
  • 130 ml sut
  • 2-3 osh qoshiq shakar
  • 2 dona o’rtacha kattallikda tuxum
  • 2 osh qoshiq eritilgan saryog’ yoki o’simlik yog’i
  • 1 choy qoshiq to’la ichimlik sodasi yoki kekslar uchun ko’taruvchi modda (razrixlitel)
  • 1 choy qoshiq limon soki yoki hidsiz sirka (uksus)
  • 0.5 choy qoshiq vanilla ekstrakti (esseciyasi) yoki vanilla shakari
  • 1 choy qoshiq uchida tuz

Ishni sutga limon soki yoki hidsiz sirka qo’shishdan boshlaymiz. Men bugun limon o’rniga lime ishlatdim. Endi bu aralashmani kamida 5 minut dam oldiramiz (bu paytda sutni achishi kuzalitadi). Hohlasangiz sutni kechki payt limon soki qo’shib holodilnikka solib qo’ying.

Endi tuxumlarni, shakarni, eritilan yog’ni, tuzni va vanilla ekstraktini bitta idishga solib aralshtiramiz. Bu aralshmaga sutning yarimini ham qo’shamiz.

Endi unni va razrixlitelni elakdan o’tkazib hamir tayyorlaymiz. Qolgan sutni ham qo’shib qo’yiqroq hamir qilamiz (keksning hamiridan sal suyuqroq).

Va nihoyat, tovani qizdirib, xohishingizga qarab hamirni oz-ozdan quyib ikkala tarafini o’rtacha olovda pishiramiz.

E’tibor qiling:

Hamirni ko’p aralashtirmang, bo’lmasa pankeyk qattiq bo’lib qoladi.

Agar ichimlik sodasi ishlatilsa albatta uni uksus bilan eritib oling, bo’lmasa hidi kelib qoladi.

Pankeyklarni shokolad pastasi, quyiltirilgan sut, djem, smetana yoki asal bilan birga dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!!!

Bundan tashqari, blogda Fransuzcha Crepe va Germaniya Pankeyki retspetlari ham bor.

Telegram kanalga ulaning!

Share
Taglar: nonushta

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish