Nonushta

Pishloqli issiq sendvich – tez taom

Pishloqli issiq sendvich dunyoda eng ko‘p yeyiladigan sendvich ekanligi bexosdan emas. Chunki ikkita nonning orasidagi yumshoq va iliq pishloq har qanday odamga yoqadi. U nonushta, tushlik va xattoki kechki ovqatga ham istemol qilinishi mumkin. Pishloqli issiq sendvich tayyorlashga juda oson. Unga atigi uch dona mahsulot kerak.

Kerakli mahsulotlar (2 portsiya uchun):

  • 4 dona toast noni
  • 60-80 gr qattiq pishloq turi
  • 1 osh qoshiq sariyog‘ (сливочное масло)

Avval nonlarga sariyog‘ni surkab oling.

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqning yarmini bitta nonning ustiga soling va ikkinchi non bilan ustini yoping.

Endi tovani biroz qizdirib ozgina sariyog‘ni surkab oling va ustiga sendvichni qo‘yib, o‘rtacha olovda ikkala tomonini qizartirib oling.

Sendvichlarni to‘ntarishdan oldin tepaga qarab turgan tomoniga ozgina sariyog‘ surkab oling.

Endi sendvichlarni o‘rtasidan bo‘lib, issiqligida dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Olovni baland qilib yubormang, bo‘lmasa nonlar tezda qizarib, lekin pishloq erimay qoladi.

Yana pishloqning ustiga yupqa kesilgan kolbasa qo‘shsa ham bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda sendvich uchun nonlarning retseptini topasiz. Masalan, baton non yoki achqimtir ta’mli italyancha non.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish