O’qilishi ‘mitlof’. Bu so’zni o’zbek tiliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinsa ‘qiymali buhanka’ bo‘ladi. Rus tilida ‘Мясной рулет’ deb tanilgani uchun ‘qiymali rulet’ deb tarjima qildim.
Qiymali rulet V asrlardan beri Yevropada tayyorlanib kelishi tarixiy kitoblardan ma’lum. Hozirda uning juda ko‘p turlari bor. Bugungi qiymali rulet retsepti odatda AQSHda uchraydigan turi bo‘lib, u XIX asrlarda paydo bo‘lgan. Bu qiymali rulet o‘zida tipik Shimoliy Amerika ta’mlarini mujassamlaydi. Oson va sog‘lom retsept.
Buning uchun piyozni mayda qilib to‘rg‘ab olamiz. Tovaga yog‘ni quyib, ustiga piyozni solamiz. Piyozni och tilla rang bo‘lgunicha qo‘g‘iramiz. Keyin uni biroz sovishi uchun bir chetga surib qo‘yamiz. Nonni maydalab olamiz. Usitiga esa sutni quyamiz.
Keyin biroz sovigan piyoz, ezilgan chesnok, to‘rg‘algan petrushka, tuxumlar va parmazan pishlog‘ini solamiz. Ta’bga qarab tuz va murch sepamiz.
Keyin aralashmaning ustiga go‘shtni solamiz.
Yaxshilab aralashtiramiz. Qiymani 5-10 minutga tindiramiz. Bu tindirish qiymaga shakl berish va go‘shtni xona haroratiga olib kelishga yordam beradi.
Endi qiymali ruletga shakl beramiz. Bu miqdordagi qiymadan ikkita kichikroq yoki bitta katta rulet tayyorlash mumkin. Men uzunligi 45 sm, balandligi esa 8 smli rulet yasadim. Ruletni listning ustida yasash oson bo‘ladi. Listning ustiga fergament yoki folga qog‘ozi solish mumkin.
Idishda ketchup, tomat, shakar, chesnok qurug‘i va worcester sousini aralashtirib olamiz.
Endi glazurning yarmini ruletning ustiga surkaymiz.
Qiymali ruletni 190⁰C qizib turgan duxovkada 50 minut davomida pishiramiz. 50 minut o‘tgach, qiymali ruletni duxovkadan olib, glazurning qolgan qismini surkaymiz va yana 10 minut davomida pishiramiz. Qiymali ruletni pishirishga hammasi bo‘lib 60 minut vaqt ketadi.
Qiymali rulet tayyor. Uni kesib dasturxonga tortamiz. Men listning bo‘sh qismida kartoshka va sabzi pishirdim. Yana ruletning yoniga kole-slov salatidan ham tayyorladim. Salatning retseptini bu linkda topasiz.
Qiymali rulet 2-3 kungacha xolodilnikda yaxshi saqlanadi. Undan sendvich ham tayyorlash mumkin.
Qiymali ruletni glazursiz ham tayyorlash mumkin. Lekin glazur ruletning sharbatini saqlab qolishga yordam beradi.
Вустерский соус yo‘q bo‘lsa, o’rniga ozgina‘ soya sousi qo‘shish mumkin. Chunki ikkala sous ham ‘umami’ ta‘mini beradi.
Blogda yana AQSH oshxonasining yana boshqa mazali go‘shtli taomlarining retseptini ham topasiz. Masalan, salisbury steak yoki sloppi Joe.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish