Asosiy taomlar

Qo‘g‘irilgan baliq – Inglizcha an’anaviy usulida

Qo‘g‘irilgan baliq (fish and chips) Angliyada 1860 yillarda paydo bo‘lgan. Shundan beri inglizlarning sevimli taomiga aylangan. Odatda Angliyada qo‘g‘irilgan baliq juma kungi kechki taom hisoblanadi. Butun Britaniya bo‘ylab juda ko‘p ‘fish and chips’ sotadigan do‘konlarni topish mumkin. Bu retsept bo‘yicha tayyorlangan baliq go‘shti juda mazali va qarsilloq chiqadi.

Kerakli mahsulotlar (4 portsiya uchun):

  • 1 kg baliq (oq, yog‘siz baliq turi)
  • 250 gr atrofida un
  • 300 ml gazli suv
  • 3 choy qoshiq razrixlitel yoki choy sodasi
  • Tuz va murch
  • 600 ml atrofida o‘simlik yog‘i

Baliqni tayyorlash

Bu retsept uchun qiltiriqsiz baliq go‘shti yaxshiroq bo‘ladi. Terisini esa xohishga qarab qoldirish mumkin. Men terisiz va qiltiriqsiz baliq go‘shtidan foydalandim. Go‘shtni qog‘oz sochiq bilan yaxshilab quritib olamiz.

Baliq go‘shtining ustiga ta’bga qarab tuz va murch seping.

Idishda un va razrixlitelni aralashtirib oling. Uning ustiga gazli suvni quying va yaxshilab aralashtiring. Aralashma smetananing suyuqligida bo‘ladi.

Endi go‘shtni ozgina unga bulab oling va suvli aralashmaga yaxshilab botiring.

Baliqni qo‘g‘irish

Chuqur tovaga yog‘ni quying va u qizigach, baliq go‘shtini solib qo‘g‘iring. Men odatda birdaniga ikkitasini solaman, lekin bu tovaning qanchalik katta ekanligiga bog‘liq.

Odatda bir tomoniga 2-3 minut ketadi,  baliq go‘sht tilla rang bo‘lib qizarishi kerak. Baliq tezda pishadi.

Endi qo‘g‘irilgan baliqni qog‘oz salfetkaga qo‘ying. Ortiqcha yog‘ni tortib oladi.

Qolgan baliq g‘oshtini ham shunday qilib pishirib oling.

Keyin u issiqligida qo‘g‘irilgan kartoshka fri, yoki inglizcha chips bilan dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Baliq go‘shti xona haroratida bo‘lsa u tezroq pishadi.

Uni qancha ko‘p yog‘da pishirilsa u shuncha qarsilloq bo‘ladi.

Birdaniga ko‘p baliq go‘shtni tovaga solib yubormang, bo‘lmasa yog‘ning harorati tushib ketadi va baliq go‘shti uzoqda pishadi. Natijada taom qarsilloq bo‘lmay qoladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda boshqa ingliz taomlarining retseptini ham topasiz. Masalan, duxovkada qo‘zichoq go‘shti yoki duxovkada butun tovuq.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish