Ko‘pchilik Italiya oshxonasini eslaganida xamirli taom hayoliga keladi. Bugungi retsept buni o‘zgartirishiga ishonchim komil. Risotto birinchi marta Italiyaning shimoliy qismida tayyorlangan. Hozirda risotto nafaqat butun Italiyaga balki dunyoning juda ko‘p joylariga yetib borgan. Risottonning turlari juda ko‘p. Uni go‘sht bilan yoki go‘shtsiz tayyorlash mumkin. Qo‘ziqorinli risotto uning eng keng tarqalgan turlaridan biri. Bu taom uchun guruchning kalta va kraxmali ko‘p turi mos tushadi. Xullas retsept bilan tanishing.
Buning uchun tovuq go‘shti ta’mli zaxirani 1 litr suv bilan qaynatib oling. Agar asparagus qo‘shayotgan bo‘lsangiz uni ham maydalab shu suvga soling.
Faqat oldin ildiz tomonini, keyin esa uchini qo‘shing. Chunki asparagusning ildizi pishishi uchun ko‘proq vaqt ketadi. Keyin olovni paslating (lekin o‘chirmang).
Endi qozonga yoki kattaroq tovaga zaytun yog‘ini quying. Ustiga mayda to‘rg‘algan piyozni soling. Biroz qo‘g‘iring.
Keyin tovaga lappaklangan qo‘ziqorin, sariyog‘ va maydalangan chesnokni soling. Hammasini qo‘g‘iring.
Tovaga limonning sharbati, sirka, tuz va murch soling. Keyin tovadagi suyuqlik bug‘lanib ketgunicha kutib turing.
Endi yuvilgan risotto uchun guruchni tovaga soling. Guruchni qo‘g‘iring. Guruch tovaga yopisha boshlaganida issiq bulyondan bir cho‘mich olib quying.
Bu suv tortilib ketgach, yana bir cho‘mich qu‘ying.
Agar asparagus qo‘shgan bo‘lsangiz uni ham suv bilan birgalikda olib tovaga soling. Shunday qilib suyuqlikning hammasini oz-ozdan quying. Suyuqlik tugaganida guruch ham pishgan bo‘lishi kerak.
Bu jarayon o‘zbek oshxonasidagi shavla pishirishga biroz o‘xshab ketadi, faqat risotto uchun suv oz-ozdan quyiladi. Kerak bo‘lsa tovaning qopqog‘ini yoping.
Guruch bir-biriga yopisha boshlaganda qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmazan pishlog‘i va to’rg’algan petrushkani soling va aralashtiring. Risottoning tuzini tekshiring. Endi olovni o‘chiring. Risottoga besh minut dam bering.
Vaqt o‘tgach tayyor risottoni dasturxonga torting. Risotto issiqligida yeyiladigan taom.
Risotto uchun suvni oz-ozdan quyish muhim. Suv doim issiq holatda quyilishi kerak. Bo‘lmasa guruch suvni yaxshi tortib olmaydi.
Odatda risotto uchun 1:3 nisbat suyuqlik ishlatiladi. Ya’ni 100 gr guruch uchun 300 ml suv kerak bo‘ladi. Lekin hamma guruchning suv tortishi xar xil bo‘ladi.
Bu risotto uchun tovuq go‘shtining lahm joyidan qo‘shish mumkin. Uni piyozdan oldin qo‘g‘irib olish kerak.
Blogda juda ko’p italyancha taomlarning retseptini topasiz. Masalan alla norma yoki spagetti karbonara.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish