Asosiy taomlar

Sabzi govurma – Ozarbayjon taomi

Sabzi govurma mazali va tayyorlash oson bo‘lgan Ozarbayjon taomi bo’lib, oqsil va vitaminlarga boy. Sabzi govurma taomiga sabzi solinmaydi. Taomning nomi Ozarbayjonga E’rondan kirib kelgan, fors tilida esa “sabzi” so’zi “ko’kat” ma’nosini anglatadi.

Kerakli mahsulotlar (5 portsiya uchun):

  • 1300 gr qo‘y go‘shti
  • 1 bog‘ ismaloq
  • 2 dona chesnok tishi
  • 1 bog‘ kashnich
  • 1 bog‘ ko‘k piyoz
  • 2 dona piyoz
  • 1 bog‘ ukrop
  • 1 bog‘ petrushka
  • Ozgina olcha qoqi
  • Ozgina yalpiz (xohishga qarab)
  • 1 dona limonning sharbati
  • 300 gr guruch
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i
  • 2 osh qoshiq sariyog‘
  • Ziravorlar: tuz, murch va kukurma

Qo‘y go‘shtini kata-katta qilib kesib oling va qozonga soling. Uning ustiga 2 litr yoki ustini to‘sar-to‘smay sovuq suv quying. Olovga qo‘yib qaynating.

Suvning ustiga ko‘pik chiqqanida qoshiq bilan olib tashlang va tuz soling.

Go‘shtni endi ikki soat past olovda qaynating.

Vaqt o‘tgach go‘shtini suzib oling. Suvini to‘kib yubormang, kerak bo‘ladi.

Endi tovaga 1 osh qoshiq zaytun yog‘i va 1 osh qoshiq sariyog‘ni quying. Qizigach yarim uzuk qilib to‘rg‘algan piyozni va mayda to‘rg‘algan chesnokni solib piyoz och tilla rang bo‘lguncha qo‘g‘iring.

Endi go‘shtni ham tovaga soling va biroz qo‘g‘iring. Uning ustiga kukurma, tuz va murch soling.

Keyin mayda to‘rg‘algan hamma ko‘katlarni va olcha qoqini qo‘shing. Bitta limonning sokini va 200 ml go‘sht qaynagan suvdan quying.

Olovni pasaytirib, suv tortilib olgunicha qopqog‘ini yopib pishiring.

Ungacha yuvilgan va uyitilgan guruchni qolgan zaytun yog‘i va sariyog‘da qo‘g‘iring. Keyin ustiga go‘sht pishgan suvdan 600 ml quyib dimlab qo‘ying. Guruch suvni tortib oladi.

Go‘sht va guruch tayyor bo‘lgach ularni birgalikda issiqligida dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Sabzi govurma taomiga har xil ko‘katlardan ko‘p miqdorda solish kerak.

Yana odatda guruch pishgan qozonning tubiga xamir solinadi va ustiga guruch qo‘yib pishiriladi. Men bunday qilmadim.

Yoqimli ishtaha!!!

Boshqa sog’lom taomlar retseptlarini ham ko’ring. Masalan, mana bu yerda mol go’shtini pishirishning sog’lom usulini topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Share
Taglar: sog'lom taom

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish