Asosiy taomlar

Salisbury steak – Amerika usulida kotletlar

Qadimda Salisbury steak yevropadan ko‘chib kelgan migrantlar tomondan AQShda tayyorlanganhda. Lekin uning nomi 1850 yillar atrofida faoliyat ko‘rsatgan vrach dietolog James Salisbury bilan bog‘liq. Chunki u bu taomni o‘zining bemorlariga ko‘p tavsiya etgan. Salisbury steakning zamonaviy retsepti Jamesning davridagi retseptdan biroz farq qiladi. Mazali va yarim soatda tayyor bo‘ladigan taom.

Kerakli mahsulotalar (4-5 portsiya uchun):

Qiymasi uchun:

  • 500 gr mol go‘shtining qiymasi
  • 1 dona tuxum
  • 50 gr tolqon
  • Tuz va murch

Sousi uchun

  • 1 dona piyoz
  • 150-200 gr qo‘ziqorin
  • 1 osh qoshiq tomat
  • 2 dona chesnok tishi
  • Yarimta sabzavotlar yoki go‘sht zaxirasi
  • 1 choy qoshiq xantal (горчица)
  • 10 gr un yoki kraxmal
  • 1 osh qoshiq Worcester sousi (Вустерский соус) (yo‘q bo‘lsa soya sousi)
  • 10 ml zaytun yog‘i
  • 10 gr sariyog‘

Qiymani tayyorlash

Idishda go‘sht, tuxum, tolqon, tuz va murchni aralashtiring. Keyin aralashmadan 5 yoki 6 ta kotletlar yasang. Salisbury steak oddiy kotletdan kattaroq bo‘ladi.

Tovaga zaytun yog‘ini quying. Qizigach ustiga salisbury steakni qo‘ying. Ikki tomoni qizartirib oling. Keyin kotletni tarelkaga olib turing.

Salisbury steak uchun sous tayyorlash va steakni pishirish

Tovaga sariyog‘ni soling. Ustiga mayda to‘rg‘algan piyoz va parraklangan qo‘ziqorinni soling. Hammasini solib qo‘g‘iring.

Keyin maydalangan chesnok va tomatni qo‘shing. Endi sabzavotlar zaxirasini 300ml suv bilan eritib, tovaga quying.

Xantal, worcester sousi, tuz va murch qo‘shing. Suv qaynab chiqqach, kotletlarni tovaga soling. Tovaning qopqog‘ini yoping. Salisbury steakni 20 minut davomida pishiring.

Oxirigi 3-4 minut qolganda taomning suvidan ozgina olib, un bilan aralashtiring. Aralashmani qayta tovaga quying. Endi qopqog‘ini ochib 3-4 minut pishiring. Sous quyuqlashadi.

Salisbury steak tayyor. Uni kartoshkali pyure yoki pishgan makaron bilan dasturxonga torting. Ustiga petrushka yoki ukrop sepish mumkin.

E’tibor qiling:

Bu taomni xolodilnikda 3-4 kungacha saqlash mumkin.

Вустерский соус yo‘q bo‘lsa, o’rniga ozgina soya sousi qo‘shish mumkin. Chunki ikkala sous ham ‘umami’ ta‘mini beradi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mol go‘sthi qiymasidan tayyorlanadigan retseptlarni ko‘ring. Masalan, qozonda turkcha kabob yoki shved qiymalari.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish