Shokoladli pechenye butun dunyoga mashhur. Ular birinchi marta 1938 yili Amerikalik oshpazlar Ruth Graves va Sue Bridies tomonidan yaratilgan. Bu pechenye og’izda eriydigan bo‘ladi. Ularni tayyorlashni va yeyishni bolajonlar juda yaxshi ko‘radi.
Hamma mahsulotlar xona haroratida bo‘lishi kerak.
Yumshoq sariyog‘ni shakar bilan mikser yoki qo‘l venchikda oppoq bo‘lgunicha aralashtirib oling.
Endi tuxumni solib yana aralashtirishda davom eting.
Elangan un, tuz va choy sodasini aralashtirib sariyog‘li aralashmaga qo‘shing va qoshiq bilan biroz aralashtiring.
Biz shu joyida xamirni ikkiga bo‘lib oldik va xamirning bir qismiga sutli shokolad maydasini aralashtridik. Ikkinchi qismiga esa 1 osh qoshiq kakao va oq shokolad maydasini qo‘shdik.
Xamir tayyor.
Endi buni fergament qog‘ozi solingan listga bir choy qoshiqdan solib chiqing, orasida albatta joy qoldiring. Chunki xamir pishayotganda yoyiladi.
Pechenyelarni 180°Cda 8-10 minut duxovkaning eng pastki yoki eng tepadagi qavatiga solib pishiring.
Shokoladli pechenye pishib chiqqach ularni sovitish uchun qoldiring.
Pechenyelar sovigach, ularni dasturxonga torting. Shokoladli pechenye sut bilan yeyishga juda mos tushadi.
Pechenyelarga ko‘p un qo‘shib yubormang, bo‘lmasa ular qattiq bo‘lib qoladi.
Xamirni uzoq aralashtirmang, bo‘lmasa pechenyelar zich bo‘lib qoladi.
Tayyor xamirni xolodilnikka yoki muzlatgichga solib qo‘yib keyinroq pishirsa ham bo‘ladi.
Mayda shokoladlar o‘rniga mayda yong‘oqlar ham ishlatsa bo‘ladi.
Katta shokoladni bo‘lib qo‘shilsa kukilarning orasida katta-katta shokoladli joylar paydo bo‘ladi va bu ularning mazasini yana ham yaxshilaydi.
Boshqa pishiriq retseptlarini ham mana bu yerda albatta ko’ring. Masalan Shokoladli Braunilar ham g’arb mamlakatlarida keng tarqalgan pechenye kabi pishiriq.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish