Pankeyklarning turi juda ko‘p. Bugun men siz bilan bo‘lishadigan turi, ularning sog‘lom va mazali turidir. Bu pankeyklar sog‘lom ovqatlanishdagilar, tana vazni tashlamoqchi bo‘lganlar va sport bila shug‘ullanadiganlar uchun juda ajoyib nonushta. Bolalar va kattalarga birdek yoqadigan oson retsept.
Kerakli mahsulotlar (14 dona pankeyk uchun):
Blenderga banan, tuxum, suli, tuz va razrixlitelni soling. Keyin ustiga sutni quying.
Blenderni yoqing. 1-2 minut aralashtiring.
Keyin xamirni tekshirib ko‘ring. U qatiqning suyuqligida bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lsa sut yoki suli yormasidan soling va blenderni yana biroz yurgizing. Endi xamirni 5 minut tindiring. Bu orada xamir quyuqlashadi.
Endi qizigan tovaga yog‘ surkang. Men kokos yog‘idan foydalandim, chunki menga uning hidi juda yoqadi. Lekin sariyog‘ yoki o‘simlik yog‘i ham bo‘laveradi.
Qizigan tovaga pankeykning xamiridan olib quying. Men 70 mldan quydim.
Pankeykning ustida pufaklar paydo bo‘lganda uni ontarib oling. Olov o‘rtachadan ozgina pastroq bo‘lsin.
Xamirning qolgan qismini ham xuddi shunday qilib pishirib oling. Tovaga oz-ozdan yog‘ surib turing.
Tayyor pankeyklarni dasturxonga mevalar va asal bilan torting. Yana smetana, grek yogurti, maple sirop va hokazo ham qo‘shish mumkin.
E’tibor qiling:
Bu pankeyklarni sovitib, o’rab xolodilnikda 3-4 kungacha saqlash mumkin.
Yana mol sutining o‘rniga bodom, kokos yoki soya sutidan ham foydalanish mumkin.
Bu pankeyklar sport bilan shug‘ullanishidan oldin yeyilsa, muskullarga yaxshi kuch bo‘ladi. Chunki unda oddiy va murakkab uglevodlar bor. Yana bu pankeykka oqsil (protein) kukunidan ham solish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda asl pankeyklarning retseptini ham topishingiz mumkin. Yana blogda ajoyib fransuzcha blinchikning retsepti ham bor.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish