Nonushta

Tuxum va avokado – Milleniallarning nonushtasi

Po‘chog‘siz pishirilgan tuxum (яйцо-пашот) g‘arbning mashhur nonushtalaridan biri. Uni hashamdor mehmonxonalarda tayyorlashadi. Bu usulda pishirilgan tuxum juda mazali va ajoyib ta’mga ega bo‘ladi. Tuxumni bu usulda pishirish biroz mahorat talab etadi. Lekin hamma siri o‘rganib olinsa uni tayyorlash aslida juda oson. Tuxumni bunday usulda pishirish asrlardan beri uchrab kelsada, uni avokado bilan birgalikda iste’mol qilish 2010 yillarda boshlangan. Hozirda avokado va tuxum  nonushtasi Instagramda eng ko‘p tarqalgan rasmlardan biridir. Aytishlaricha ‘milleniallar’ bu nonushta uchun sezilarli miqdorda pul sarflaydi.

Kerakli mahsulotlar (2 ta portsiya uchun):

  • 2-4 dona tuxum (tuxum soni xohishga qarab)
  • 1 dona avokado
  • 2 dona toast non
  • Tuz va murch
  • Ozgina limonning sharbati
  • 1 choy qoshiq  sirka (uksus)

Avokadoni tayyorlab olish

Buning uchun uni o‘rtasidan pichoq bilan bo‘lamiz. Keyin katta qoshiq yordamida danagini olib tashlaymiz.

Uni bitta idishga solib, ustiga limon sharbati qo‘shamiz. Tuz va murch sepamiz. Avokadoni vilka bilan ezib olamiz. Bu aralashmani bir chetga surib qo‘yamiz.

Tuxum qaynatish

Qozonchaga suv quying. Uni olovga qo‘ying. Suz qaynab chiqqach unga 1 choy qoshiq uksus qo‘shing. Tuz ham soling. Endi olovni suv qattiq emas, balki biroz qaynab turadigan darajaga paslating.

Tuxumlarning bir donasini piyolaga chaqib oling. Endi suvni qoshiq bilan aralashtiring. Suvning ustida girdob paydo bo‘ladi. Endi piyoladagi tuxumni suvga soling. Suvdagi tuxum biroz o‘tirgach ikkinchi tuxumni ham shunday qilib suvga soling. Tuxumlarni 2.5-3 minut davomida suvda qoldiring, olov yonib turgan holatda.

Tuxumlarni suvdan suzib olib, qog‘oz sochiqqa qo‘ying.

Ungacha ikki kesim non tayyorlab turing. Endi nonning ustiga avokado aralashmasini surkang.

Keyin ustiga tuxumni qo‘ying.

Yana ta’bga qarab yoniga mayda salat barglaridan solish ham mumkin. Tayyor tuxumni dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Tuxumni suvda qancha muddatga qoldirish ta’bga bog‘liq. Agar tuxum sarig‘i biroz suyuq bo‘lishini xohlasangiz 2.5 minut qoldiring. Aksincha to‘la qotishini xohlasangiz 3 minut davomida qoldiring.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa nonushta uchun retseptlarini ham ko‘ring.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish