Vanilla va shokolad torti tayyorlashga juda oson va mazali tort. Uning tarixini aniq bilmayman. Lekin mazasi zo‘r ekanligini aniq bilaman.
Qozonchada un, shakar, tuz va kraxmalni aralashtirib oling. Keyin sutni oz-ozdan quying. Hammasini yaxshilab aralashtiring. Keyin past olovga qo‘ying.
Krem quyuqlashgach, olovni o‘chiring. Sariyog‘ va vanillinni qo‘shing. Sariyog‘ to‘la erigach, kremni boshqa idishga quying. Uning ustini sellofan bilan o‘rab, sovitish uchun olib qo‘ying. Sellofan kremining ustiga tegib tursin.
Tuxum va shakarni mikser yordamida ko‘pirtirib oling.
Keyin ustiga sut va yog‘ni quying. Bir-ikki mikser bilan aralashtiring. Vanillinni ham qo‘shing.
Endi quruq mahsulotlarni elakdan o‘tkazib suyuq mahsulotlarning ustiga qo‘shing.
Hammasini mikser bilan aralashtiring.
Xamirni yog‘langan qolipga quying.
Uni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 25 minut davomida pishiring. Tortning pishib chiqqanligini gugurt cho‘pi bilan tekshirish kerak.
Endi tortni to‘la sovitishga qo‘ying.
Sovigan tortni rasmda ko‘rsatilgandek qilib teshib chiqing. Men buning uchun tortga gul chiqaradigan nasadkadan foydalandim.
Endi ko‘pirtirilgan qaymoq va sovigan zavarnoy kremni aralashtirib oling.
Kremni qoshiq bilan tortning ustidagi teshiklarga quyib chiqing. Keyin qolgan kremin tortning ustiga to‘la quying.
Tortning orasidan chiqqan bo‘laklarni maydalab oling.
Ushoqlarni tortning ustiga seping.
Vanilla va shokolad tortini kamida 5 soat yoki kechasi bilan xolodilnikda tindiring.
Keyin uni dasturxonga torting.
Men birdaniga bitta katta va bitta kichkina tort tayyorladim. Shuning uchun rasmdagi mahsulotlar miqdori ko‘p.
Tortni faqat zavarnoy kremning o‘zi bilan, ko‘pirtirilgan qaymoqsiz, ham tayyorlash mumkin. Lekin, mening nazarimda qaymoq qo‘shish kremning mazasini yaxshiladi.
Blogda yana boshqa shokoladli tortlarning retseptini topasiz. Masalan, kakao va sutli tort yoki shokolad va qulupnayli tort.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish