Yeryong’oq pastasi tarkibida magnezium, kaliy va rux kabi muhim vitaminlar va minerallar bilan birga juda ko’p miqdorda oqsil mavjud. Me’yorida iste’mol qilingan yeryong‘oq pastasi vazn tashlashga, yurak salomatligini yaxshilashga, qondagi qand miqdorini muallaq ushlash va ko‘krak bezi kasalliklarini oldini olishda yordam beradi. Bundan tashqari muskullar o‘sishini ham ta’minlaydi.
Quyida uni uy sharoitida qanday tayyorlashni tushuntiraman. Uyda tayyorlangan yeryong‘oq pastasi palma yog‘idan holi bo‘lib u 100% yeryong’oqning o‘zidan tayyorlanadi. Demak zararli moddalardan holi. Faqat sanoqli brendlar uni palma yog‘isiz tayyorlaydi. Oson va sog‘lom retsept.
Kerakli mahsulotlar (200 gr atrofida pasta uchun):
Pasta uchun yeryong‘oq pishgan bo‘lishi kerak. Buning uchun qozon yoki duxovkadan foydalanish mumkin. Men duxovkada tuzsiz tayyorlangan tayyor yeryong‘oqdan foydalandim.
Yeryong’oqni po‘chog‘i va po‘stidan ajratib oling. Endi uni blender yoki ‘chopper’ga soling. Blenderni yoqing.
Yeryong‘oq oldin un shakliga kiradi.
Keyin asta sekin bir-biriga yopisha boshlaydi. Shu vaqt tuzni ham qo‘shing.
Yana aralashtirishda davom eting. Endi yeryong‘oqning yog‘i chiqa boshlaydi. Ora-orada blenderni to‘xtatib, qoshiq bilan blenderning devolidagi yeryong‘oq pastasini ham aralashtirib turing.
Pasta tayyor. Uni darrovda yoki keyinroq dasturxonga torting. Odatda yeryong‘oq pastasi non bilan birgalikda yeyiladi. Yana uni olma, kasha yoki banan bilan ham yeyish mumkin. Undan smuzilar yoki pishiriqlar tayyorlash mumkin.
E’tibor qiling:
Yeryong’oq pastasi ‘chopper’da odatda 5 minut atrofida tayyorlanadi. Lekin blenderda sal uzoqroq vaqt kerak bo‘ladi.
U zich yopiq idishda uzoq vaqt yaxshi saqlandi. Ba’zan yog‘i ustiga chiqib qolishi mumkin. Yog‘ni uni aralashtirib yuboring.
Agar pasta biroz shirinroq bo‘lishini xohlasangiz, unda tuz bilan bir vaqtda ozroq asal qo‘shish mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda yana boshqa sog‘lom taomlarning retseptini topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish