Asosiy taomlar

Yorkshire pudding – ajoyib inglizcha taom

Yorkshire pudding Angliyaning shimolida joylashgan Yorkshire grafligidan kelib chiqqan. Hozirda uAQSh va Avstraliyada ham tarqalgan. Uning birinchi retsepti 1737 yilda nashr etilgan. Bu qadimiy retsept, odatda yakshanba kunli ‘roast’ ning tarkibi sifatida tayyorlanadi. Uni podliva (gravy) bilan yeyiladi. Bolalar va kattalarga birdek yoqadigan taom.

Kerakli mahsulotlar (12 ta yorkshire pudding uchun):

  • 120 gr un
  • 3-4 dona tuxum (hajmiga qarab)
  • 240 ml sut
  • Ozgina tuz
  • 12 choy qoshiq o‘simlik yog‘i

Yorkshire puddingni tayyorlash

Avval yog‘ni 1 choy qoshiqdan qoliplarga quyib olamiz. Qolipni  200°C qizigan duxovkaga solib, yog‘ni ham qizdirib olamiz.

Ungacha idishda tuxum, sut, un va tuzni yaxshilab aralashtiramiz. Xamir suyuq bo‘ladi (huddi blinchik xamiridek).

Qolipni duxovkadan olamiz. Qizigan yog‘ning ustiga xamirni quyamiz. Xamir  idishning 2/3 qismini to‘ldirishi kerak.

Qolipni qizib turgan duxovkaga  qayta solamiz. Yorkshire puddingni 20-25 minut, yoki qizargunicha pishiramiz.

Yorkshire puddinglar ishib, ko‘tariladi.

Ularni podliva bilan dasturxonga tortamiz. Podlivasiz ham mazali va qarsildoq bo‘ladi.

Podliva tayyorlash

Tovada 1 osh qoshiq sariyog‘ni eriting. Ustiga 1 osh qoshiq un soling. Un qizarguncha qo‘g‘iring. Keyin olovni pastlatib 0.5 litr sabzavotlar zaxirasidan tayyorlangan issiq suvni oz-ozdan quying.

Olovni yana o‘rtacha balandlikka ko‘taring. Ta’bga qarab tuz va murch qo‘shing. Podlivani 2-3 minut qaynating.

Aralashtirib turing. Podliva tayyor. Uni go‘sht yoki Yorkshire puddingga qo‘shib dasturxonga torting.

E’tibor qiling:

Xamirni quyishdan oldin yog‘ albatta qizigan bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa pudding ishib chiqmaydi.

Puddingning xamirini oldindan tayyorlash mumkin. Pishirishdan oldin, bir-ikki aralashtirish kerak.

Pishgan puddingni muzlatish mumkin.

Yorkshire puddingni katta qolipda ham pishirsa bo‘ladi. Unda 30 minut pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ingliz oshxonasining retseptlarini topasiz. Masalan, inglizcha maffinlar yoki qo‘g‘irilgan baliq.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish