Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi juda ajoyib. Bu tort nimaga Afg‘oncha napoleon deb atalishini bilmayman, lekin quyidagi retsept har doim o‘xshab chiqishin bilaman. Marhamat retsept bilan tanishing.
Avval tuxumlarni oqi va sarig‘ini ajratib oling. Endi tuxum sarig‘iga smetanani qo‘shing.
Unning ustiga tuz va sariyog‘ni qo‘shing. Sariyog’ni un bilan aralashtirib oling.
Endi uning ustiga smetanali aralashmani qo‘shib yumshoq xamir qoring. Keyin xamirni teng to‘rtga bo‘lib, o‘rab yarim soatga xolodilnikka solib qo‘ying.
Beshta tuxum oqini mikser bilan ko‘pirtiring.
Tuxum oqi oppoq va qattiq bo‘lib ko‘pirgach, shakarni oz-ozdan solib ko‘pirtirishda davom eting. Endi bunga maydalangan yong‘oqni qo‘shing. Ehtiyotkorlik bilan aralashtiring.
Bitta xamirni olib 25 smdan sal kattoroq qilib yoying.
Uni listning ustiga qo‘ying va bezening ¼ qismini soling. Xamirning chetlaridan ozroq joy qoldirib, bezeni xamirning ustiga yoying.
Endi buni 150⁰Cda qizib turgan duxovkada 50 minut davomida pishiring. Men ikkita korjni birdaniga tayyorladim va teng pishirdim.
To‘rtala korj ham pishganda ularning chetlarini tekislab oling. Men buning uchun tovaning qopqog‘ian foydalandim.
Endi xona haroratidagi sariyog‘ni mikser bilan biroz ko‘pirtiring. Keyin uning ustiga karamel va quyultirilgan sutni qo‘shing. Yana 5-8 minut ko‘pirtirishda davom eting. Krem tayyor.
Endi birinchi korjning ustiga kremdan surkang.
Keyin qolgan hamma korjlarni ustma-ust shu usulda terib chiqing. Eng tepadagi korjni beze tarafini pastga qilib qo‘ying. Shunda krem tekis surkaladi.
Torning ustini ta’bga qarab bezating. Men ‘royal isingdan’ foydalandim. Uning retseptini man bu yerda topish mumkin.
Tortning chetlariga ham kremdan surkang. Endi korjlarning chetidan chiqqan xamirni ushoqlab tortning chetiga seping.
Afg‘oncha napoleon torti tayyor uni 2-3 soat sovuq joyda tindirib dasturxonga torting.
E’tibor qiling:
Tortning korjlarini tekislayotganda har bir korjni alohida tekislang. Bo’lmasa ular sinib ketishi mumkin.
Yoqimli ishtaha!!!
Blogda klassik napoleon, medovik, maxroviy va boshqa tortlarning retseptini ham topasiz.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish
Nachinkali bulochka turlari juda ko‘p. Ularni bolalar va kattalar birdek… Qolganini o'qish