Bu bulochka qadimda Polshada yashaydigan yahudiylar tomonidan tayyorlangan va ular bilan birgalikda AQSHga borgan. 2010 yillarga kelib bulochka Nyu-Yorkda mashhur bo‘la boshladi va tez orada AQSHning boshqa shtatlari va Kanadaga tarqalgan. Hozirda uni Yevropaning ko‘p joylarida ham uchratish mumkin.
Buning uchun idishga un, shakar, tuz va xamirturushni solamiz (xamirturush va tuzni bir biridan uzoqqa soling). Hammasini aralashtiramiz.
Alohida idishda margarinning 40 gramini iliq sut bilan eritib olamiz. Keyin suyuq mahsulotlarni va chaqilgan ikkita tuxumni unli aralashmaga qo‘shamiz. Yumshoq xamir qoramiz.
Endi margarinning qolgan 100 gramini bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Endi bitta-bittadan ‘lak olib xamirga aralashtiramiz. Margarining birinchi bo‘lagi xamir bilan qorishib ketgach, ikkinchi bo‘lak margarinni qo‘shamiz. Shunday qilib 100 gr margarinning hammasini xamirga aralashtiramiz.
Keyin ustini o‘rab 45 minut atrofida oshiramiz. Xamir oshgandan keyin uni xolodilnikka solib kamida bir soat sovitib olamiz. soat tindiramiz. Men kechasi bilan qoldiraman.
Ertasiga ertalab xamirni olib, un sepilgan yuzada 35×25 sm atrofida yoyib olamiz.
Men bu safar, shirni nonni shokolad pastasi va mayda shokolad bilan tayyorladim.
Ba’zan esa sariyog‘, jigarrang shakar, maydalangan yong‘oq va dolchin maydasi bilan tayyorlayman.
Endi xamirni zich qilib rulet shaklida o‘raymiz. O‘ralgan chetini pastga qilamiz va o‘rtasidan teng bo‘lamiz. Ruletning bir tomonidan 3-4 sm joyni butun qoldiramiz (rasmga qarang).
Kesilgan lentalarning ochiq tomonini tepaga qaratib bir-birining ustidan o‘tkazamiz, ya’ni o‘rib olamiz.
Endi bulochkani yog‘langan va un sepilgan qolipga solib 45-60 minut davomida ustini o‘rab oshiramiz.
Men xamirni uzoq vaqt xolodilnikda qoldirgani uchun, 60 minut davomida oshiraman.
Shakar va suvni qozonchaga solib 5 minut davomida qaynatib olamiz. Tayyor siropni bir chetga surib turamiz.
Oshib chiqqan babkalarning ustiga ozgina tuxum sarig‘idan surkaymiz (xamir uchun chaqilgan tuxumdan ozroq olib qo‘ysa bo‘ladi). Endi babkani oddiy duxovada180°Cda, konvensiyasi borda esa 160⁰Cda qizib turgan duxovkada 40-45 minut pishiramiz. Agar babkalarning usti qizarib ketsa, ustiga folga qog‘ozi yopib, pishirishda davom etamiz. Men 25 minut otgach, ustiga folga qog‘oz yo‘pib qo‘ydim.
Bulochka pishib chiqqach, u issiqligida siropni surkaymiz. Uni biroz sovitib qolipdan chiqaramiz. Keyin yana biroz sovitib, dasturxonga tortamiz. Hamma boshqa bulochkalar singari, babka ham yangiligida eng mazali bo‘ladi.
Bulochka ertasiga ham mazali bo‘ladi, chunki ustiga surkalgan sirop ularni mayin saqlaydi.
Xamirga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa babkalar uncha mayin bo‘lmaydi.
Xamir uchun margarin xona haroratida, lekin erimagan holatda bo‘lishi kerak. Odatda men 1 soat atrofida xonada qoldiraman. Albatta, qancha vaqtga qoldirish, xona haroratiga bog‘liq.
Sirop xolodilnikda bir necha haftalar davomida ham yaxshi saqlanadi.
Blogda yana boshqa bulochkalarning retseptini topasiz. Masalan, sinabon yoki yopishqoq bulochkalar.
Veb sahifa: www.juvajon.com
Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish
Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish
Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish
Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish
Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish
Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish