Nonlar

Chesnokli naan – tezda tayyor bo’ladigan non

Chesnokli naan tezda tayyor bo ‘ladigan hind nonidir. Blogda oldin ham oddiy naan retseptini bo‘lishganman. Bugun naanning chesnok va kashnich qo‘shib tayyorlash usulini yozaman. Chesnokli naan juda mazali va ajoyib hidli bo‘ladi.

Kerakli mahsulotlar (6 dona 30 smlik naan uchun):

  • 400 gr un
  • 300 ml atrofida qatiq
  • 1 choy qoshiq choy sodasi
  • 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 3 osh qoshiq to‘rg‘algan kashnich
  • 2 dona chesnok tishi
  • 1 osh qoshiq sedana
  • 2 osh qoshiq eritilgan sariyog‘

Idishda un va tuzni aralashtiring. Uning ustiga qatiq bilan aralashtirilgan choy sodasini va yog‘ni qo‘shib xamir qoring.

Xamir yumshoq va qo‘lga yopishadigan bo‘ladi. Shuning uchun xamirni un sepilgan stolga olib zuvala qilib oling. Xamir silliq bo‘lmaydi.

Endi xamirning ustini o‘rab 15-20 minut tindiring.

Xamir tingach uni bo‘lib oling, men 6 taga bo‘ldim va zuvalachalar qilib oldim.

Bitta xamirni olib ozgina yoyib oling va ustiga sedana, to‘rg‘algan kashinch va chesnokdan surkang va naanni yana juva bilan 1sm dan sal yupqaroq qilib yoying. Bu hamma narsaning xamirga yopishishiga yordam beradi.

Endi naanni qizigan tovaga sedana surkalgan tomonini tepaga qaratib soling. Xamirning ustida pufakchalar paydo bo‘ladi.

Naanni ontaring va u tomonini ham pishirib oling. Hamma naanlarni shu usulda pishirib oling.

Naan pishgach, ustiga sariyog‘ surkang.

Naanni yangiligida dasturxonga torting. Naan karri bilan juda mos tushadi.

E’tibor qiling:

Naanga ko‘p un solib yubormang, bo‘lmasa qattiq bo‘lib qoladi.

Naanning xamiriga ko‘p ishlov berib yubormang.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda oddiy naanning retseptini ham ko‘ring. Yana boshqa hindcha nonlarning retsepti ham bor masalan, qiymali naan yoki chapati.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish