Nonushta

Daniya bulochkasi yoki Danish pastry

Daniya bulochkasining kelib chiqish tarixi qiziq. 1850 yilda Daniyalik novvoylar (bakers) ish tashlagan. Shunda novvoyxona egalari Avstriyadan ishchilar olib kela boshlashgan. O‘sha ishchilar Daniya bulochkalarini yaratishgan. Hozirda bu bulochkalar Daniyaning belgilaridan biriga aylangan. Daniya bulochkasi juda mazali bo‘lganligi sababli hozirda dunyoning ko‘p joylarida sevib iste’mol qilinadi. Oldindan retseptning murakkabligi bilan ogohlantiraman. Lekin daniya bulochkasi sarflagan mehnatingizga arziydi.

Kerakli mahsulotlar (18-20 dona daniya bulochkasi uchun):

Xamiriga:

  • 500 gr un (men non uchun un va oddiy unni aralashtirdim)
  • 8 gr xamirturush
  • 50 gr shakar
  • 1 dona tuxum
  • Yarim choy qoshiq tuz
  • 250 gr sariyog‘ (margarin emas)

Zavarnoy krem uchun (150 ml atrofida):

  • 1 dona tuxum
  • 200 ml sut
  • Yarimi osh qoshiq kraxmal
  • Bir chimdim tuz
  • Yarim osh qoshiq un
  • Ozgina vanillin

1-chi turi (pin g‘ildiragi) uchun:

  • 85 gr maydalangan yong‘oq
  • 50 gr jigarrang shakar (yo‘q bo‘lsa oq shakar)
  • 1 osh qoshiq asal yoki maple/golden sirop
  • 25 gr sariyog‘

Uchinchi turi uchun:

  • 50 gr mayda shokoladlar
  • 50 gr yong‘oq

Zavarnoy krem tayyorlash retseptini mana bu linkdan topasiz.

Daniya bulochkasi uchun xamir tayyorlash

Idishda un, shakar, xamirturush va tuzni aralashtirib oling. Tuz va xamirturushni bir-biridan uzoqqa soling. Ularning ustiga tuxum va iliq sutni quyib xamir qoring. Xamir yumshoq, lekin qo‘lga yopishmaydigan bo‘lishi kerak.

Endi xamirning ustini o‘rab 40-60 minut davomida oshiring.

Oshib chiqqan xamirning havosini chiqarib tashlang. To‘rtburchak shakliga olib keling. Keyin 1-2 soatga xolodilnikka solib qo‘ying, albatta xamirning usti o‘ralgan bo‘lishi kerak.

Ungacha sariyog‘ni tayyorlab oling.

Daniya bulochkasi uchun sariyog‘li plastinka tayyorlash.

Sariyog‘li plastinka tayyorlash jarayonini mana bu linkda to‘la topasiz.

Endi xamirni oling va uni 1sm atrofidagi qalinlikda to‘rtburchak shaklida yoyib oling. Endi uning teng yarmiga tayyor sariyog‘ plastinkasini qo‘ying.

Xamirning ikkinchi tomoni bilan sariyog‘li plastinkani yoping. Chetlarini juva bilan biroz bosib chiqing.

Xamirni uzunasiga biroz yoyib oling.

Keyin xamirning eng tepa tomoni uning qoq o‘rtasiga olib keling. Xamirning eng pastiki tomonini ham o‘rtasiga olib keling.

Endi ikkala tomonni ustma-ust qiling (rasmga qarang).

Xamirni o‘rab 30-40 minutga xolodilnikka solib qo‘ying. Men xamirni odatda oldin sariyog‘li plastinkadan chiqqan qog‘ozga, keyin ustidan sellofan paketga o‘rayman.

Vaqt o‘tgach xamirni 50 sm atrofida to‘rtburchak shaklda yoyib oling. Keyin uni uchga buklab, yana xolodilnikda 30-40 minut dam yediring. Bu jarayonni yana 3 marta qaytaring. Xamir har safar qaram-qarshi tomonga yoyilishi kerak.

Eng oxirgi yoyishdan so‘ng xamirni kechasi bilan xolodilnikda qoldiring.

Daniya bulochkasi tugish

Ertasiga ertalab uni 70×50 sm atrofida yoyib oling. Chetlarini tekislab oling.

Endi xamirni teng ikkiga  bo‘lib oling. Uning birinchi yarmini 9 ta kvadratga bo‘lib oling. Ikkinchi yarmini esa butun qoldiring.

Bugun uch xil turdagi daniya bulochkasi tayyorlaymiz.

Birinchi turi- pin g‘ildiragi uchun (pin wheel) :

Yong‘oq, sariyog‘‘, shakar va asalni aralashtirib oling.

Kvadratni burchagidan markazga qaratib kesib oling.

Endi bu burchaklarni xayolingizda birinchi va ikkinchi deb belgilab oling. Har birinchi burchakni kvadratning markaziga olib keling. Barmoq bilan markazga yopishtiring. Rasmda ko‘rsatilgan.

Keyin ulaning o‘rtasiga yong‘oqli aralashmadan soling. 1 osh qoshiqdan soling.

Ikkinchi turi uchun:

Kvadratning o‘rtasiga 1.5 osh qoshiqdan zavarnoy krem soling. Keyin burchaklarini o‘rtaga olib keling va bir biriga biroz yopishtiring. Qattiq yopishtirib yubormang. Chunki pishayotganda burchaklar ochilishi kerak.

Uchinchi aylanma turi uchun:

Xamirni qolgan yarmining ustiga zavarnoy krem surkang.

Keyin uning ustiga mayda shokolad va maydalangan yong‘oqli aralashmadan seping. Men bir qismiga shokolad, bir qismiga esa yong‘oqli aralashmadan sepdim.

Keyin xamirni rulet qilib o‘rang. Ruletni 12 bo‘lakka bo‘lib oling.

Endi daniya bulochkalarini yog‘langan yoki fergament qog‘ozi solingan listga terib chiqing. Ularning ustini o‘rab 1 soat yoki ikki barobar ko‘tarilgunicha xona haroratida qoldiring.

Keyin ularning ustiga tuxum surkang.

Daniya bulochkalarini 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 16-20 minut davomida pishiring.

Pishib chiqqan bulochkalarni ustiga o‘rik murabbosi yoki djemi surkab chiqing.

Daniya bulochkalari tayyor. Endi ularni nonishta yoki tamaddi uchun dasturxonga torting. Har qanday bulochka singari daniya bulochkasi ham yangiligida eng mazali bo‘ladi.

E’tibor qiling:

Daniya bulochkasinign xamiriga albatta sariyog‘ ishlatilishi shart. Bo‘lmasa daniya bulochkalarining mazasi yaxshi chiqmaydi.

Xamirning dam oldirib yoyish jarayonida uning buklangan tomonini o‘ng tomonga qo‘ying. Shunda har safar u qarama-qarshi tomonga yoyiladi.

Murabbo yoki djem ilitib olinsa uni surkash oson bo‘ladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa ajoyib bulochkalarning retseptini ham topasiz. Masalan, kruassan yoki babka.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com

Eng so'nggi retseptlar

Medovik torti (Klassik turi)

Medovik tortining retseptlari juda ko‘p. Hammasi o‘ziga yarasha mazali va… Qolganini o'qish

Qizil Barxat torti (Red velvet cake)

Qizil barxat torti AQSHning Mariland shtatida XX asrning boshlarida paydo… Qolganini o'qish

Bolonya spagettisi – Spaghetti bolognese

Bolonya spagettisi Italiyaning shimolida joylashgan Bolonya shahrida birinchi marta tayyorlangan… Qolganini o'qish

Afg‘oncha napoleon torti

Afg‘oncha napoleon torti O‘zbekistonda keng tarqalgan tortlardan biri. Uning mazasi… Qolganini o'qish

Frittata – yoki Italiyancha omlet

Frittata juda mazali, hamda oqsil va vitaminlarga boy. Nonushta yoki… Qolganini o'qish

Oshqovoqli karri- go’shtsiz sog’lom taom

Oshqovoqli karri yana bir ajoyib hind taomidir. Bu sog‘lom va… Qolganini o'qish